Buxoro yangiliklari

Buxoro tumanida yana bir turistik obyekt foydalanishga topshirildi – fotojamlanma

photo 570

Loading

Joriy yilning 16-sentabr kuni Buxoro tumanining “Sheyxon” mahallasida «Sheyxan etno-markazi» ning tantanali tarzda ochildi. Rejalashtiralayotgan ochilish marosimi haqida avval ham xabar bergan edik.

Shu kuni Buxoro tuman hokimi Xayrullo Jo‘rayev, shunigdek turli turistik kompaniyalar egalari, gidlar va viloyat Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi mas’ullari mazkur obyektga tashrif buyurishdi.

Ochilish marosimi davomida mahalliy hunarmandchilik ko’rgazmasi, Nasriddin Afandi va dorbozlarning chiqishlari namoyish etildi, milliy taomlarimiz tortiq qilindi.

photo 03 141

– Bu yerga ilk kelganimda bu joylarning manzarasi, tabiati va mahalladagi urf-odatlarning azaldan saqlanib qolinganligi, milliylik aks etgan qatriyatlarning haliyam davom etayotganligi quvontirdi va do‘stimga bu yerga albatta bir maskan qurish kerakligini aytdim. Maskanda milliy etnik taomlar, o’yinlar va Nasriddin Afandining chiqishlarini jonlantirib, keladigan mehmonlar e’tiboriga havola etish kerakligini aytdim, – deydi suhbat jarayonida obyekt egalaridan biri, rossiyalik investor Oleg Sipchak.

photo 01 148

Qayd etish kerakki, 15 sotixli ushbu markazda yozgi va qishgi hovlidan mavjud bo‘lib, $400 000 qiymatdagi ishlar hisobiga barpo etilgan. Bu yerda turistik kompaniyalar bilan hamkorlikda “ethno house” turistik yo‘nalishi yanada rivojlantiriladi, keladigan xoh mahalliy, xoh xorijiy sayyoh bo‘lsin – ushbu markaz faoliyatida bevosita o‘zi ham ishtirok etadi, milliy-etnik taomlar tayyorlanishi bo‘yicha master-klasslarda qatnashadi.

photo 04 107

Yaqin kelajakda esa «Sheyxan etno-markazi» hududida “jonli burchak» – turli uy hayvonlarini ko‘paytirish rejada bor. Sababi, maskan yonginasida katta yashil bog‘ mavjud. Shunday ekan bu yer har bir eko-turistik obyektlarni sevuvchi sayyohlarga manzur bo‘lishiga shubhamiz yo‘q.

photo 02 193
Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.