Buxoro yangiliklari
Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga ishga kirish uchun o‘tkazilgan tanlov natijalari e’lon qilindi
Joriy yilning 11- va 12-avgust kunlari Qorovulbozor tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi binosida Qorovulbozor tumani hokimligi bilan hamkorlikda “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ ga ishga kirish istagini bildirgan nomzodlar ishtirokida navbatdagi tanlov o‘tkazilgan edi.
Ushbu tanlovda texnik yo‘nalishlarda ma’lumotga ega jami 246 nafar nomzodlar 7 ta mutaxassislik bo‘yicha yozma savollarga javob berish orqali ishtirok etdi. Ishlar zavod mutaxassislari tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ moliyaviy va komplayens nazorati bosh inspektori nazoratida o‘rganib chiqildi.
Tanlovda ishtirok etgan nomzodlar quyida o‘zlarining natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar olishi mumkin.
1. Neft va gazni qayta ishlash mutaxassisligi (jami 96 nafar nomzod):
2. Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikasiya tizimlari mutaxassisligi (jami 42 nafar nomzod):
3. Transport tizimlarini ishlatish va foydalanish mutaxassisligi (jami 32 nafar nomzod):
4. Kimyoviy texnologiya mutaxassisligi (jami 28 nafar nomzod):
5. Texnologiyalar va jihozlar mutaxassisligi (jami 19 nafar nomzod):
6. Elektroenergetika mutaxassisligi (jami 15 nafar nomzod):
7. Suv-oqava tarmog‘i va gidrotexnik inshootlar mutaxassisligi (jami 14 nafar nomzod):
Tanlovning keyingi bosqichiga taklif etilganlar (60 va undan yuqori bal to‘plaganlar) joriy yilning 30-sentabrga qadar “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ xodimlar bo‘limi binosida o‘tkaziladigan suhbatga taklif etiladi. Nomzodlar suhbatga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (passport, diplom va rezyume) bilan yetib kelishlari zarur bo‘ladi. Suhbatni o‘tkazish vaqti to‘g‘risida “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ xodimlar bo‘limi tomonidan oldindan ma’lum qilinadi.
“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ va Qorovulbozor tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi ma’muriyati tanlovda qatnashgan barcha nomzodlarga ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiradi.
“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ ga ishga joylashish quyidagi anketani online to‘ldirish orqali amalga oshiriladi: https://forms.gle/vu2yZhmnQpWtCf7w7.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi