Islom

Kim Allohga taqvo qilsa, U unga tashvishlardan chiqish yo‘lini paydo qilur – “Qurʼoni Karim” kitobi

photo 181 1

Loading

Alloh taolo taqvoni rizq keltiruvchi va uni ziyoda etuvchi sabablardan qildi. Qur’oni karimda: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur. Yana, uni o‘zi o‘ylamagan joydan rizqlantirur”. (Taloq surasi, 1-2), deyilgan.

Allohdan qo‘rqqan va barcha holatlarda uning roziligini ko‘zlagan kishiga Alloh taolo bu dunyoda ham, oxiratda ham mukofot beradi. Unga har bir mashaqqat va qiyinchilikdan qutulish yo‘lini qilishi, bilmagan va o‘ylamagan joydan rizq keltirishi ana o‘sha mukofotlar jumlasidandir.

Ibn Kasir rahimahulloh aytdi: “Kim Alloh buyurgan narsalarda taqvo qilsa va qaytargan narsalarni tark etsa, uning ishlarida chiqish yo‘lini beradi, o‘ylamagan joyidan rizqlantiradi, ya’ni kutmagan joyidan rizqi keladi”.

Foydalanilgan adabiyot: “Arab hikmatlari va maqollari” kitobidan.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.