Buxoro yangiliklari
“Shadozi”dagi o‘g‘rilik
Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga Buxoro shahar Alpomish ko‘chasida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan M. M. murojaat qilib, 2020-yilning iyul oyidan 2020-yilning avgust oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs unga tegishli bo‘lgan shaharning Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “Shadozi” ayollar liboslari saloniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, salondan jami bahosi 3 100 000 so‘mlik 9 dona ayollar ko‘ylaklarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini bayon qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi (o‘g‘irlik) 2-qismi bilan noma’lum shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi hamda Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-son Ichki ishlar bo‘limi xodimlarining hamkorlikdagi tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Buxoro shahar Q. Darvoza ko‘chasida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan N. S. sodir qilganligi fosh etildi.
Hozirgi kunda jinoyat ishida gumon qilinuvchi N. S.ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi