Buxoro yangiliklari

Avtomobildan pul o‘g‘irlandi

photo 117

Loading

Buxoroda avtomashinadan $7000 o‘g‘irligi fosh etilib, jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplandi.

Noma’lum shaxs Buxoro shahar “Sharq” avtobekatidan “Sherbuddin” ko‘chasi tomon burilish yo‘li yoqasida turgan fuqaro A. Z. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinada bo‘lgan Gʻijduvon tumani Firishkent mahallasida yashovchi 1991-yilda tug‘ilgan Sh. H. ga tegishli polietilen paketga solinib skotchlangan holdagi 7000 AQSh dollarni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligi yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchilik qismiga kelib tushgan xabar asosida, tergov-tezkor guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-modda 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor surishtiruv hamda dastlabki tergov harakatlari davomida, ushbu jinoyatni 1994-yilda tug‘ilgan Buxoro shahar Sherbudin ko‘chasida yashovchi M. N. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan 7000 AQSh dollar pullar jabrlanuvchiga to‘liq qaytarildi.

Hozirgi kunda jinoyat ishida gumon qilinuvchi M. N. ismli shaxsga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning shu turdagi boshqa jinoyatlarda daxldorlik holatlari o‘rganilmoqda.

Manba

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.