Buxoro yangiliklari

Tilla o‘g‘risi

photo 118

Loading

Peshku tumanida xonadondan o‘g‘irlangan tilla taqinchoqlar o‘z egasiga qaytarildi

Peshko‘ tumani Ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga, tumanning Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘ini Mustaqillik ko‘chasida istiqomat qiluvchi 1972-yilda tug‘ilgan F. A. murojaat qilib, joriy yilning 3-yanvar kuni soat 14:30 larda noma’lum shaxs uning yashash uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadonidagi sandiq ichidan bir dona bahosi 3 000 000 (uch million) so‘mlik ayollar tilla zanjiri, to‘rt dona umumiy bahosi 7 500 000 (yetti million besh yuz ming) so‘mlik ayollar tilla uzuklari, uch dona umumiy bahosi 3 500 000 (uch million besh yuz ming) so‘mlik ayollar tilla ziraklarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, unga jami 14 000 000 (o‘n to‘rt million) so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazganligini bayon qilgan.

Mazkur holat, tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tegishli tartibda qayddan o‘tkazilib, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, haqiqatdan ham jinoiy hodisa yuz berganligi o‘z tasdig‘ini topgach, norma’lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor surishtiruv va tergov harakatlari olib borilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchi bilan bir mahallada istiqomat qiluvchi, 2006-yilda tug‘ilgan, umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi voyaga yetmagan M. I. ismli qiz bola sodir qilganligi aniqlanib, undan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan 3 juft ayollar ziragi, 2 ta ayollar tilla uzuklari ashyoviy dalil sifatida xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.

Hozirgi kunda voyaga yetmagan M. I ismli voyaga yetmagan qizga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.