Buxoro yangiliklari
“Yo‘qlikka yo‘l” filmining suratga olish ishlari boshlandi
“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Buxoriylar” MChJ tomonidan suratga olinayotgan “Yo‘qlikka yo‘l” badiiy filmini tasvirga olish ishlari boshlandi.
Film rejissyori va ssenariy muallifi Qamara Kamolova boshchiligida ayni kunlarda ijodiy jamoa shakllantirilib, Buxoro viloyatida syomka jarayonlarini boshlashdi. Postanovkachi operator Oskar Baxtiyev, postanovkachi rassom Behzod Nazarov, grimyor Dilshoda Tilavova, liboslar bo‘yicha rassom Irina Litviyenko.
Mazkur film yosh avlod va ko‘pni ko‘rgan kattalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va ziddiyatlardan hikoya qiladi. Unda insonni keksalik davri, butun umri davomida orttirgan tajribasi va o‘z ma’naviy boyligini yoshlarga topshirishdek mas’uliyati qamrab olingan.
Filmning syomka jarayonlari Buxoroda va ma’lum qismi Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida bo‘lib o‘tishi belgilangan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi