Buxoro yangiliklari

Po‘lat Bobojonov Buxoroda yig‘ilish o‘tkazdi

photo 128

Loading

Buxoroda huquqbuzarliklarga qarshi kurashni “mahallabay» tashkil etish va hudud metodikasini yaratish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmatining xabar berishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 12 fevral kuni Ichki ishlar vazirligi Hay’atining kengaytirilgan majlisida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat va tuman-shaharlarning sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning huquq tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda hamkor idora va tashkilot vakillari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishni viloyat hokimi Botir Zaripov ochib, hududda jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarlik holatlarining oldini olish borasida huquq-tartibot idoralari tomonidan keng jamoatchilik bilan hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilayotganligini aytib, bu borada hali bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘lami har bir rahbar, ayniqsa sektor rahbarlaridan alohida mas’uliyat bilan faoliyat olib borishni talab etishiga e’tibor qaratdi.

[metaslider id=1150 cssclass=»»]

Yig‘ilishda Ichki ishlar vaziri general-leytenant P. Bobojonov so‘zga chiqib, Ishchi guruh tomonidan Buxoro viloyatida olib borilgan o‘rganishlar natijasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, yo‘l qo‘yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar aniqlanganligiga to‘xtaldi.

Yig‘ilish davomida, Davlatimiz rahbarining mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, jamoat xavfsizligi va fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatchilikni oldini olishda “mahallabay” va “fuqarobay” ish tashkil etish borasidagi topshiriqlari yuzasidan, ichki ishlar organlari faoliyatini tanqidiy tahlillari va kelgusida tizim faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilab bergan bir qator vazifalarning Buxoro viloyatidagi ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

So‘nggi vaqtlarda joylarda, ayniqsa, bevosita mahallaning o‘zida jinoyatchilikning profilaktikasi, aholining muammoli toifalari orasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish ishlari birmuncha susaytirib yuborilganligi jiddiy tanqid qilindi.

Xususan, viloyatning Buxoro shahar va G‘ijduvon tumanlarida tegishli profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidagi ishlarning talab darajasida emasligi, jinoyatchilikdan holi muhit yaratish borasida ijobiy samaralarga erishilmayotganligi tanqidiy-tahlil qilinib, hududlar sektor rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Bundan buyon, ishni mutlaqo yangi tizimda, ya’ni mahalla, tuman va shahar kriminogen vaziyatdan kelib chiqib, uch toifaga, ya’ni, “qizil”, “sariq” va “yashil”ga bo‘linishi hamda mahalladagi jinoyat o‘choqlari aniqlanib, ularni keltirib chiqaruvchi omillar tahlil qilinib, shu yo‘nalishda aniq va maqsadli ishlar olib borilishi, kriminogen vaziyat murakkab bo‘lgan 69 ta, qizil toifaga kiritilgan 90 ta va sariq toifaga kirgan 200 ta mahallalarga kuch-vositalarni qayta taqsimlab, bevosita “jinoyatlar o‘choqlari” bartaraf etilishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, jinoyatlarning sohabay tahlillaridan kelib chiqib, boshqaruv, huquq-tartibot, sog‘liqni saqlash, oliy, o‘rta maxsus va o‘rta ta’lim, maktabgacha ta’lim hamda boshqa sohalarda sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarni mehnat jamoalari ishtirokida keng muhokama qilish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarning ijrosi ham qoniqarsiz ekanligi tanqid qilindi.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” negizida mahallalar kesimida har bir muammoli shaxs bilan yakka tartibda manzilli ishlash esa, aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qilib, yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish imkonini berishiga alohida urg‘u berildi.

Xizmatda yo‘l qo‘ygan tizimli kamchiliklari hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashdagi sustkashligi uchun bir qator rahbar va xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod etildi va intizomiy jazo choralari e’lon qilindi.

Shuningdek, xizmat faoliyatini bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etib, hudud aholisining roziligiga erishish, ularning mavjud muammolarini aniqlash va bartaraf etish borasida namunali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh xodimlarni rag‘batlantirish yuzasidan taklif kiritildi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.