Buxoro yangiliklari
Murojaatlarni Prezident maslahatchisi o‘rinbosari guruhi o‘rganmoqda
Mana 3 kundir-ki, Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islamov rahbarligidagi Respublika ishchi guruhi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Baxodir Yuldashevich Mirzarahimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Shuxrat Uzakov fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularga yechim topish maqsadida Buxoro viloyatida qabul o‘tkazishmoqda.
17-mart kunidan aholini qiynab kelayotgan sud-huquq masalalariga oid murojaatlar yuzasidan BDU binosida boshlangan qabullar kecha, 18-mart kuni erta tongdan Jondor va Qorako‘l tumanlari hokimliklari binosida davom etdi. Unda shunigdek, Olot tumanlari fuqarolari bilan ham ochiq muloqot o‘tkazilib, ichki ishlar organlari faoliyati, sud-huquq sohasi bilan bog‘liq masalalar va muammolar birma-bir ko‘rib chiqildi va asosiy e’tibor murojaatlarni joyida ijobiy hal etishga qaratildi.
Qabul jarayonida viloyat IIB hamda IIV rahbarlari birinchi marotaba fuqarolik pasporti olayotgan yoshlarga “ID karta”lar tantanali ravishda topshirildi.
Bugun, 19-mart kuni esa ishchi guruh G‘ijduvon tumani hokimligida soat 09:00 dan boshlab g‘ijduvonliklar va Shofirkon tumani, soat 15:00 dan esa Peshko‘ tumani hokimligida peshko‘liklar va Vobkent hamda Romitan tumanlari aholisidan murojaatlarni qabul qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy Kengashi raisi Xolmo‘min Yodgorov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari Ikrom Muslimov, Respublika Prezidenti Adminstratsiyasi bosh inspektori Turg‘unboy Buvayev, shuningdek, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovlar va boshqa mutasaddilar, shahar va tumanlar hokimlari ham ishtirok etishmoqda.
Respublika hamda viloyat rahbarlari ishtirokidagi ommaviy qabulda inson manfaatlari va qonuniy haq-huquqlarini tiklash, ichki ishlar, prokuratura va sud ishlari bilan bog‘liq murojaatlar, shuningdek, uy-joy ta’minoti, sog‘liqni saqlash, joylarda tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati uchun bank imtiyozli kredit mablag‘i va yer maydonini ajratish, qolaversa, ichki yo‘llarni ta’mirlash, gaz va elektr ta’minoti, kommunal xizmat, mehnat va bandlik yo‘nalishlariga oid 500 tadan ortiq murojaat atroflicha o‘rganildi.
Sayyor qabullar 20-mart kunigacha davom etadi.
Foto: Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati, Buxoro viloyati prokuraturasi matbuot xizmati
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi