Buxoro yangiliklari
Buxorodagi «bexosiyat» uyning «isitmasi» yoxud 25-uyda yashovchi fuqarolarning dardini kim eshitadi?
Bugun, 24-mart kuni Facebook’da buxorolik Hamzabek Turdiyev o‘z sahifasida shu sarlavha bilan maqola e’lon qildi.
«Nima deb o‘ylaysiz? Sizningcha, so‘nggi yillarda qurilishlardagi qing‘irliklar borasidagi shov-shuvli holatlar anchagina urchib ketganday tuyulmayaptimi? Hali bir nuqtadagi favquloddagi holat “cho‘g‘i” sovib ulgurmay, ortidan boshqasi “lop” etib paydo bo‘layotgani-chi?
Quruvchi tashkilot uy kalitini sizga topshiradi-yu, uyog‘iga “qanot qoqib” yuraveradi. Hammasi eski ssenariy bo‘yicha davom etaveradi: siz uyshunos, qurilishshunos ham emassiz. Hali yashab ko‘rmagan kvartirangizda bir yildan keyin sizni qanday “syurpriz”lar kutib turganligini ham bilmaysiz. “A”dan “Ya”gacha barcha ishlar yeng uchida bajarilganini fahmlab yetganingizda gapingizni ham, dardingizni ham eshitadigan odamning o‘zi qolmaydi. Quruvchi: “Uyni qabul qilib olgansizlar, imzo ham qo‘ygansizlar”, deb qutiladi. Uy qurilishida va xonadonlarni egalariga taqsimlashda mas’ul bo‘lgan zotlar ham tilingizni tushunmagan ajnabiyday angrayib turaveradi.
Muammolarni yechishda tutqich beradigan kimsani topolmay arosatda qolasiz. Quruvchi yonginangizda tag‘in boshqa bino qurishni boshlab yuboradi. Ammo, endi u sizni tanimaydi. Siz yashayotgan uy bir yilga bormay nurab, qulasa ham bu “korchalonlar” oldiga yo‘lay olmaysiz. Chunki ular yashin tezligida tiklashni biladi, oqibatiga javob berishni emas.
Buxoro viloyatida yashayman. Prezident qaroriga asosan, Buxoro shahri, Amir Temur ko‘chasida (xalq tilida 7-mikrorayon) tiklangan 25-uyni madaniyat xodimlari va jurnalistlar manzil-makon tutganlar.
Ochig‘i, aksariyat yashovchilar bu yerga ko‘chib kelganlariga afsus qilishmoqda. Chunki, o‘tgan qisqa davr mobaynida mazkur ko‘p qavatli uyda yuzaga kelgan muammolar ularning sillasini quritgan. Mayli, har bir xonadondagi qurilishga doir mavjud qusurlarga ko‘z yumaylik. Biroq, qo‘shtirnoq ichidagi qurilish tashkilotining poydevor ishlarini o‘lda-jo‘lda amalga oshirib, binoni topshiriganligi bois har yog‘ingarchilikda uy yerto‘lasi suvga g‘arq bo‘layotganligi barchaning halovatini o‘g‘irlagan.
To‘g‘ri, avvaliga qo‘shnilar qo‘llariga chelaku supurgi olib yerto‘ladagi suvlarni bartaraf etishga bel bog‘ladilar. Ammo, ketma-ket yog‘gan yomg‘ir ularni ham “cho‘kkalatib” qo‘ydi. Axir bir umr chelak ko‘tarib podvalda “yashamaydiku” ular.
Bir gal yerto‘lani suv bosishi natijasida “Suvoqava” tashkiloti tomonidan nomigagina ko‘mib ketilgan uy yaqinidagi xandak o‘pirilib, og‘ir yuk mashinasidagi bir necha tonnalik qaynoq asfalt shu yerda ishlab turgan obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ustiga ag‘darilgandi…
Hamma ahvol shu alpozda davom etaversa, bir kun uy ham qulab tushishidan xavotirda. Ayrimlar allaqachon bu “bexosiyat” uydan ko‘chib ketish taraddudiga ham tushgan. Biroq, murojaatlar, ijtimoiy tarmoqlar va markaziy TVlardagi chiqishlar ham hech narsani o‘zgartira olgani yo‘q.
50 yil ilgari qurilgan uylar “miq” etmay tursayu, biz zamonaviy deb bilgan inshootlar bir yilga ham bormay, majnuntolday “egilib” qolsa, qiziq tuyulmaydimi?
Buxoro shahri Amir Temur ko‘chasi, 25-uyda yashovchi fuqarolarning oh-zorlarini tinglaguvchi zot bormikan o‘zi?!», deb murojaat qilmoqda H. Turdiyev.
Biz ham tahririyatimiz nomidan mutasaddilardan ushbu murojaatga rasmiy munosabat bildirilishini kutib qolamiz.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi