Buxoro yangiliklari

Ko‘p qavatli uylar kanalizatsiya tarmoqlari tozalandi

photo 151

Loading

Kanalizatsiya bilan bog‘liq to‘siq (zator) holatlarining 80% iste’molchilar tomonidan foydalanish qoidalariga amal qilmasligi sababli, tarmoqlarda bolalar tagliklari (pampers) va turli chiqindilarning hojatxona va oqava quduqlariga tashlanishi oqibatida kelib chiqmoqda.

Shu kabi holatlardan biri, Buxoro shahri, S. Ayniy ko‘chasidagi 16-, 16/1-, 18-uylarining oqava tarmoqlariga turli chiqindilarning tashlanishi oqibatida, to‘siq (zator) holatini yuzaga keltirgan. Hozirgi paytda muammo «Buxoro suv ta’minoti» MChJ xodimlari tomonidan to‘liq bartaraf etilgan.

O‘z navbatida, xonadoningizga ulangan oqava (kanalizatsiya) tarmoqlaridan samarali va uzoq muddat muammosiz foydalanmoqchi bo‘lsangiz, tizimda nosozlik keltirib chiqarmang, oqava tarmoqlaridan foydalanish madaniyatiga rioya qilishni so‘rab qolamiz.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.