Buxoro yangiliklari

Prokuratura, IIB, DXX vakillari Buxoro tumani Xonobod mahallasiga nega keldi?

photo 179

Loading

Ayni vaqtda Buxoro tumanining Xonobod mahalla fuqarolar yig‘inida viloyat prokurori, viloyat IIB boshlig‘i, viloyat DSB boshlig‘i va DXX Buxoro viloyat boshqarmasi boshlig‘i temir daftarga kiritilgan fuqarolar, jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillarining murojaatlari qabul qilish jarayoni bo‘lib o‘tmoqda.

photo 02

Shuningdek, sayyor qabul jarayonida 15 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi, shundan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqaro Sh. Ziyodullayevga mototraktor va uning barcha anjomlari kredit asosida olib berildi. Xonabod MFY, Xonabod qishlog‘ida yashovchi 1-guruh nogironi R. Xayrullayevga esa tuman prokurori tashabbusi bilan nogironlik aravachasi berildi.
Bundan tashqari, Xonabod MFY da “Ayollar daftari” da ro‘yxatda turuvchi 11 nafar ayollarga kredit asosida hamda 1 nafariga homiylar tomonidan tikuv mashinasi sovg‘a qilindi.
“Yoshlar daftari” bo‘yicha yoshlarga kredit berish masalasida tavsiyalar berilib, ularga kredit hujjatlarini rasmiylashtirish uchun AT ”Xalq banki”ning Gala Osiyo filialiga taqdim qilindi.

photo 184

Buxoro viloyat prokuraturasi Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, kelib tushgan arizalar va murojaatlarning yechimiga qaratilgan tezkor chora-tadbirlar ham ko‘rib chiqilmoqda.

Foto: Buxoro viloyati prokuraturasi Axborot xizmati

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.