Buxoro yangiliklari

Turkiya elchixonasi maslahatchisi BDU prorektori bilan uchrashdi

photo 01 18

Loading

26-mart kuni xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Jo‘rayev universitetga tashrif buyurgan Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi Madaniyat va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchisi Alparslan Akinji hamda ichki ishlar bo‘yicha mutaxassis Mustafa Avji bilan uchrashdi. deya xabar bermoqda universitet Xalqaro hamkorlik bo‘limi.

Unda shuningdek, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i M. Qilichov, Xorijiy tillar fakulteti dekani M. Jo‘rayeva, kafedra mudirlari Z. Rasulov, O. Fayzullayev, dotsentlar M. Ahmedova, F. Xajiyeva, L. Jalilova, M. Raxmatova va boshqa o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda universitetda turk tili va madaniyati markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, turk tili kurslarini tashkil etish, Turkiya universitetlari bilan hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi hamda mustaqilligimizning Turkiya Respublikasi tomonidan tan olinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Buxoroning “Anqara hukumati”ga ko‘rsatgan yordamining 100 yilligi” keng ko‘lamli mavzusi doirasida yirik kongress o‘tkazish masalasini kun tartibiga qo‘yish kelishib olishdi.

[metaslider id=1704 cssclass=»»]

Tashrif oxirida prorektor A. Jo‘rayev tomonidan mehmonlarga yangidan rekonstruksiya qilinayotgan ARM binosi ko‘rsatilib, uning tarkibida amalga oshirish rejalashtirilgan ishlar bilan tanishtirildi va Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) loyihalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari mavjudligi taʼkidlandi.

Foto: Buxoro Davlat Universiteti Axborot xizmati

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.