Buxoro yangiliklari
Buxoroda «Hokim, vazir va yoshlar uchrashuvi»
Ayni damda bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda viloyat hokimi Botir Zaripov, viloyat prokurori M. Istamov, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Husanov, Davlat bojxona qo‘mitasi mutasaddilari, “Qishloqqurilishbank” boshqaruvi raisi A. Muratov, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori A. Nazirov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, korxona, tashkilot va muassalar mutasaddilari, shahar va tumanlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda yoshlar ishtirok etishmoqda.
Birinchi bo‘lib Botir Zaripov Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida viloyatda olib borilgan ishlar to‘g‘risida axborot bedi.
Qayd etilishicha, sektor rahbarlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davr mobaynida 274 ta uchrashuvlar o‘tkazilib, ushbu uchrashuvlarga 16 610 nafar yoshlar jalb qilindi. Uchrashuvlarda yoshlar tomonidan 1219 ta taklif va muammolar bildirilib, ularning 1020 tasi (ya’ni 83 foizi) hal etilgan bo‘lsa, 199 ta (17 foiz) murojaat yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, ijroga qaratilgan.
Viloyatdagi iqtidorli, biroq ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti og‘ir bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyat hokimi 20 nafar, tuman (shahar)lar hokimlari 10 nafardan jami 150 nafar yoshlarni otaliqqa olib, ularning hayotda o‘z o‘rnini topishlari va oliygohlarda o‘qishlariga yordamlashish hamda ishga joylashtirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar tomonidan ishlab chiqilgan innovasion ishlanmalar va loyihalarni ishlab chiqarishga joriy etish hamda ularni har tomonlama rag‘batlantirish maqsadida Innovasion loyihalar tanlovi joriy qilindi. Bunda 7 ta yo‘nalish, jumladan, Xizmat ko‘rsatish sohalari, turizmni rivojlantirish, Energetika va sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, Qishloq va suv xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi hamda Fan va ta’limni rivojlantirish bo‘yicha o‘z innovasion g‘oyalariga ega bo‘lgan eng yaxshi talabalarning loyihalari 1 million so‘mdan 50 million so‘mgacha mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaipov:
“–Biz, rahbarlar oldiga yoshlar masalasi bo‘yicha vazifalar aniq belgilab berilgan. Buyog‘i endi men bosh barcha bo‘g‘indagi mutasaddilarga bog‘liq. Agar biz zimmamizdagi vazifalarga mas’uliyat bilan yondashib ishlaydigan bo‘lsak, ko‘zlangan maqsadga erisha olamiz. Buning uchun Buxoroda qilinishi kerak bo‘lgan barcha ishlarni shaxsan o‘z nazoratimga olaman», –dedi o‘z nutqida.
Uchrashuvda yoshlar bilan jonli muloqotlar boshlandi. Ularning muammolari o‘rganilmoqda, tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Uchrashuvda asosan yoshlar tomonidan bandlik va tadbirkorlik masalalarida ko‘plab murojaatlar bo‘lmoqda. Mazkur murojaatlar shu yerning o‘zida aloqador tashkilotlar mas’ullari ishtirokida muhokama qilinib, ularni hal etish choralari ko‘rilmoqda. Qolaversa, yoshlarga tegishli huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi