Buxoro yangiliklari
G‘ijduvonliklar uchun “aqlli” gaz hisoblagichlar
Aholiga qulaylik yaratish hamda tabiiy gazning hisob-kitobini to‘g‘ri yuritish maqsadida joylarda zamonaviy hisoblagichlarning o‘rnatilishi davom etmoqda. Jumladan, Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida ham amaliy ishlar samaradorligi oshirilmoqda, –deya xabar bermoqda “Hududgaz Buxoro”.
Jami 40 000 dan ortiq tabiiy gaz iste’molchilari istiqomat qiladigan ushbu hudud aholisining qarzdorlik ko‘rsatgichi yuqori bo‘lganligi sababli “Qizil hudud” sifatida qayd etilib, hisoblagichlar jadal suratlarda o‘rnatilmoqda.
So‘nggi kunlar davomida fuqarolarning 8 000 ga yaqini zamonaviy hisoblagichlar bilan ta’minlandi. Ta’kidlash zarur, ba’zi hudud aholisi tomonidan ushbu moslamalardan noto‘g‘ri foydalanilmoqda. Natijada esa uning imkoniyatlarini to‘liq anglamagan holda bir qator muammolar ham yuzaga keltirilmoqda. “G’ijduvontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi vakillari bu borada targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishdi. Xususan, tuman markazidan 11 km uzoqlikda joylashgan “Biyosin” MFYda ushbu amaliy ish namunali tashkil etilmoqda. “Hududda istiqomat qiluvchi 448 ta aholi xonadonlariga bosqichma-bosqich o‘rnatilayotgan hisoblagichlar bugun ularning tabiiy gazdan oqilona foydalanishi, shuningdek, to‘lov madaniyatiga rioya etishida xizmat qiladi. Bu borada amaliy ishlar davomida tushuntirish-targ‘ibot ishlariga alohida e’tibor qaratib kelyapmiz. Maqsadimiz – aholining hisoblagichdan samarali foydalanishi hamda muammolarga hojat qoldirmasligidir”, –deydi “G’ijduvontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimi Odil Mo‘minov.
Albatta, namunali iste’molchi to‘lovni vaqtida amalga oshirib kelsa shubhasiz, ortiqcha murojaatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmaydi.
Tushuntirishlar davomida to‘lovni uydan chiqmagan holda mobil ilovalar orqali amalga oshirish mumkinligi ham alohida e’tiborga olinmoqda.
“Biyosin” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Nusxa opa Xudoyqulovani barchaga ibrat bo‘la oladigan iste’molchi sifatida aytishimiz mumkin. Qarzdorligi haqida kelgan xabarga e’tibor bilan yondashgan hamda darhol uni vaqtida amalga oshirgan. Natijada esa hisoblagichi o‘chib qolmagan hamda gaz idorasiga borib ham navbatda turmaganlardan biri desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
“TV orqali hisoblagichning imkoniyatlari haqida eshitgan edik. Nihoyat o‘zimizning qishloqqa ham yetib keldi bu yangilanish. Juda xursandmiz, aytganidek, o‘zi hisoblab, qarzdorligimiz to‘g‘risida sms xabarlar keladi, vaqtida bilib, to‘lab yuribmiz. Muhimi, vaqtimiz tejaladi, sovuq-issiq kunlarda navbatlarda turmaymiz. To‘lov madaniyatiga rioya qilganligimiz bizga shuncha imkoniyatni berdi”, –deydi Nusxa opa Xudoyqulova quvonchi ichiga sig‘may.
“Aqlli” hisoblagichlar fuqarolarga gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan bepul o‘rnatib berilayotgan ekan, barcha iste’molchilar unga tashqi zarar yetkazmay, o‘zboshimchalik bilan uni yechib olmasligi hamda ortiqcha xatti-harakatlar bilan shikast yetkazmasligi lozim. Muhimi, undan to‘g‘ri foydalanilsa hisoblagich bilan bog‘liq muammolarga duch kelmaydi. Bu esa iste’molchi uchun yaratilayotgan qulay imkoniyatlarning samaradorligini oshirishda xizmat qiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi