Buxoro yangiliklari
Buxorolik urush faxriysi Ahmed Muhsinov 103 yoshni qarshiladi
9-may — Xotira va qadrlash kuni arafasida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbari Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, ichki ishlar organlari faxriysi, iste’fodagi mayor Ahmed Muhsinov xonadoniga tashrif buyurib, otaxonni bayram bilan tabrikladi. Quvonarlisi, urush faxriysi aynan shu kunlarda 102 yoshni qarshilab, 103 yoshga qadam qo‘ydi.
Ahmed Muhsinov 1924-yil 6-may kuni Buxoro tumanida tavallud topgan. U 1942-yildan 1947-yilgacha sobiq ittifoq armiyasi safida xizmat qilgan. Faxriy dastlab Stalingrad janglarida qatnashgan bo‘lsa, keyinchalik Volgograd, Shimoliy Koreya va Yaponiya hududlaridagi jangovar harakatlarda ham jasorat ko‘rsatgan.
Urushdan so‘ng u xalq ta’limi, matbuot va madaniy meros tizimida faoliyat yuritdi. Ahmed Muhsinov maktab o‘qituvchisi, muzeylar bo‘limi boshlig‘i kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan. Ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyatini esa 1969-yilda boshlagan va 1984-yilda mayor unvoni bilan nafaqaga chiqqan.
Faxriyning yurt oldidagi xizmatlari munosib qadrlanib, u yuzga yaqin orden va medallar bilan taqdirlangan. Ular orasida “Jasorat” medali hamda “Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi” ko‘krak nishoni alohida o‘rin tutadi.
Bugungi kunda 103 yoshli otaxon farzandlari ardog‘ida, Buxoro shahrida tinch va osoyishta hayot kechirmoqda. Uning 19 nafar nevarasi, 45 nafar evarasi va 4 nafar chevarasi bor.
Ahmed Muhsinovning hayot yo‘li bugungi yoshlar uchun haqiqiy jasorat va fidoyilik namunasi hisoblanadi. U bosib o‘tgan umr yo‘li orqali tinchlikning naqadar qadrli ekanini yanada chuqur his etish mumkin.
Xotira va qadrlash kuni arafasida faxriylarni yo‘qlash va ularga ehtirom ko‘rsatish ezgu an’anaga aylangan. Bu orqali yurt tinchligi yo‘lida xizmat qilgan insonlarga hurmat bajo keltirilmoqda.
Ayniqsa, urush dahshatlarini ko‘rgan insonlarning hayotiy tajribasi yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Ularning hikoyalari vatanga sadoqat, matonat va sabrning yorqin namunasi bo‘lib qoladi.

Bugungi tinch va osoyishta hayot aynan ana shunday insonlarning jasorati evaziga barpo etilgani alohida ta’kidlanmoqda. Shu bois faxriylarni qadrlash, ularning holidan xabar olish jamiyatning muhim ma’naviy burchlaridan biridir.
Buxoro viloyati IIB rahbariyatining ushbu tashrifi ham faxriy avlodga bo‘lgan chuqur hurmat va minnatdorlik ifodasi bo‘ldi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


