Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (10.06.2026)
2026-yilning 10-iyun, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Rahbarlaringiz ishonib topshirgan yirik loyihalardan biri siz uchun martabani oshirish yo‘lida zinapoya vazifasini o‘taydi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Ishda ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan imkoniyatlar sizga hamrohlik qiladi. Bu esa rahbarlaringiz ko‘nglini bo‘shatib, mukofot puli ajratishlariga sabab bo‘ladi.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Atrofdagilarni tashqi ko‘rinishingiz emas, tafakkur o‘tkirligi bilan o‘zingizga qaratishga odatlaning.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Muhim hujjatlar bilan ishlaganda juda sergak bo‘ling. Kechqurun ba’zilarga serdaromad bir ishda hamkorlik taklif etishlari mumkin.
Arslon (24.07 — 23.08)
Bugun ishxonadagi rahbarlar bilan muloqotda juda ehtiyot bo‘lishingiz talab etiladi. Bitta noo‘rin aytilgan so‘z ham siz uchun qimmatga tushishi hech gap emas.
Parizod (24.08 — 23.09)
Bugun ishxonangizdan yomon kayfiyatda uyga qaytishga yo‘l qo‘ymang. Bu yaqinlaringizga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘zingizni bo‘sh qo‘ying, pozitiv kayfiyat qidiring.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Savdo bilan shug‘ullanadigan bir odam sizga hamkorlik taklif qilishi kutilmoqda. Bu taklifga savdoda iste’dodingiz bo‘lsagina rozilik bildiring.
Chayon (24.10 — 22.11)
Vitaminlar ichishni boshlang. Aks holda shamollash yo gripp yuqtirib olishingiz mumkin. Gigiyena masalasiga ham jiddiy e’tibor qarating.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda emotsiya va asabiylikka keng o‘rin bermang. Qarindoshlar bilan bahslashib qolishdan saqlaning.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Pulingizni bo‘lar-bo‘lmasga sarflamang, inqirozga yuz tutsangiz, qayta tiklanishingiz qiyin kechadi.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Bugun yoshi ulug‘ qarindoshlar bilan muloqotda ehtiyotkorlikka e’tibor qarating. Bilib-bilmay ularning ko‘ngliga og‘ir botadigan gaplarni gapirib qo‘ymang.
Baliq (20.02 — 20.03)
Moliyaviy muammolaringiz kechqurunga yaqin muvaffaqiyatli hal bo‘ladi. Alohida xaridlarni mo‘ljallagan bo‘lsangiz, kechqurun do‘konga yo‘l olaverishingiz mumkin.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


