Salomatlik

Muzqaymoq yeyish, ko‘proq uxlash: tomoq og‘riganda nima qilish kerak?

pic
Foto: Magnific.com

Loading

Tomoq og‘rig‘i yoqimsiz, ammo odatda zararsizdir. Tomoq og‘rig‘ini keltirib chiqaruvchi eng keng tarqalgan sabab: shamollash, gripp kabi respirator yuqumli infeksiyalardir. Shu bois birlamchi kasallik organizmdan chiqib ketganda tomoq og‘rig‘i kamayadi va bir necha kunda u ham butunlay tuzaladi.

Biroq tez tibbiy yordamga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladigan holatlar yo‘q emas. Qachon shifokor huzuriga borish kerak? Buning bir nechta ogohlantiruvchi belgilari mavjud. Daryo shular haqida yozmoqda.

Farzandingizning tomog‘i og‘rib qolsa

Ertalab ichilgan qaynoq suyuqlikdan keyin ham og‘riq davom etsa, pediatr bilan bog‘laning. Quyidagi alomatlarga duch kelsangiz, darhol tez yordam chaqiring:

  • og‘riq kuchliligidan bola yutina olmasa;
  • nafas olishdagi qiyinchiliklar, nafas qisilishi paydo bo‘lsa;
  • g‘ayritabiiy ravishda ko‘p so‘lak ajralsa.

Kattalarda tomoq og‘rig‘i

Shifokor yoki otorinolaringolog bilan maslahatlashing, agar:

  • tomoq og‘rig‘i juda kuchli yoki bir haftadan oshsa ham tuzalmasa;
  • ovoz xirillashi ikki haftadan ko‘pga cho‘zilsa;
  • yutinish qiyinlashsa;
  • nafas olishda og‘irlik sezilsa;
  • og‘riq tufayli og‘izni ochib bo‘lmasa;
  • bo‘yin yoki yuzning sezilarli shishishi;
  • quloqda og‘riq;
  • so‘lakda qon yoki yo‘talish natijasida balg‘am kuzatilsa;
  • terida toshma paydo bo‘lsa;
  • bo‘g‘inlarda ham kuchli og‘riq;
  • harorat 38,3 ° C dan oshganda.

Uy sharoitida tomoq og‘rig‘ini qanday davolash mumkin?

Agar yuqorida sanalgan xavfli alomatlar bo‘lmasa, shifokor qabuliga bormasdan turib, uyda davolanish mumkin. Yoqimsiz holatni yengillatish uchun tibbiyot xodimlari tomonidan tavsiya etilgan usullar mavjud.

Suyuqliklarni ilitib iching

Choy, kompotlar, mevali sharbatlar, bulyon. Ushbu suyuqliklar tirnaluvchi xususiyatga ega bo‘lgan tomoq shilliq qavatini namlaydi. Shu bois ular tomoq og‘riganda yordam beradi.

Agar yo‘talayotgan bo‘lsangiz, choyga asal qo‘shishingiz mumkin. Biroq Amerikaning Mayo Clinic tadqiqot markazi mutaxassislari, asalli choyni bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga bermaslikni tavsiya qiladi.

Oz miqdorda muzqaymoq iste’mol qiling

Yoki mevali muz. Siz toza qor yoki muz bo‘lagini so‘rishingiz mumkin. Yax bo‘lagi shishishni kamaytiradi va yengil anesteziya ta’siriga ega.

Sho‘r suv bilan tomoqni chayish

Bu tomoqni ortiqcha shilimshiq qatlamlardan tozalashga yordam beradi, shishni kamaytiradi, namlaydi va og‘riqni bosadi. Yodda tuting, bunday chayishlar olti yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tavsiya etilmaydi: bola bo‘g‘ilib qolishi mumkin.

Bir stakan iliq suvga yarim choy qoshiq oddiy osh tuzidan qo‘shing, yaxshilab aralashtiring. Eritmani yutib yubormang: g‘arg‘ara qilgach, tupurib tashlang.

Tomoq og‘rig‘i uchun tibbiy pastilkalarni sinab ko‘ring

Ular benzokain kabi og‘riq qoldiruvchi vositalarni o‘z ichiga oladi. Iste’mol qilganda yengil uyqu bosadi, tomoqning sezgirligi pasayadi. Bundan tashqari, pastilkalarni so‘rganingizda so‘lak ko‘payadi. Bu tomoqning yetarlicha namlanganini anglatadi. Shuni unutmangki, bo‘g‘ilish xavfi tufayli to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shuningdek, retseptsiz sotiladigan anesteziya xususiyatiga ega bo‘lgan spreylar, tomoqni chayishga mo‘ljallangan tibbiy vositalardan ham foydalanishingiz mumkin. Ammo ularni sotib olishdan oldin umumiy amaliyot shifokori, agar gap bola haqida ketadigan bo‘lsa, pediatr bilan maslahatlashish yaxshiroqdir.

Namlagich qurilmasini yoqing

Bu kabi qurilma sizda bo‘lmasa, tokchaga ochiq idishga suv to‘ldirib qo‘ying. Issiqlik batareyasiga bir nechta nam sochiqlar iling, qurib qolgach, boshqatdan takrorlang. Qolaversa, vaqti-vaqti bilan issiq (qaynoq emas) bug‘dan nafas olishingiz mumkin.

Gap shundaki, quruq havo tomoqda tirnash xususiyatini oshiradi. Nam havo esa aksincha, shilliq qavatni yumshatadi, yoqimsiz hissiyotni kamaytiradi.

Toza havodan nafas oling

Sigaret tutuni, tozalash vositalarining hidi yoki boshqa kimyoviy moddalar (bo‘yoq, lak, benzin) ham tomoqdagi tirnash xususiyatini oshirishi mumkin. Kasal bo‘lganingizda uyingizdagi havo toza bo‘lishi zarur.

Ko‘proq dam oling

Tomoq og‘rig‘i vaqt o‘tishi bilan kamayadi. Uyqu vaqtida u tezroq ketadi. Chunki bu payt organizm infeksiyaga qarshi kurashish uchun ko‘proq kuchga ega bo‘ladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.