Buxoro yangiliklari

Buxoroda IIB xodimlari qizlar yotoqxonasiga nega borgandi?

pic
Foto: Buxoro viloyati IIB

Loading

Kuni kecha Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan profilaktika inspektorlari tomonidan talabalar turar joylarida navbatdagi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Mazkur tadbirlar yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish hamda xavfsizligini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

O‘rganishlar davomida profilaktika inspektorlari talabalar bilan yaqindan muloqot qilib, ularni turli firibgarlik, jinoyatchilik va boshqa noxush holatlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Shuningdek, internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va shubhali takliflarga ishonmaslik yuzasidan tavsiyalar berildi.

Talabalarga tungi vaqtlarda ko‘chalarda bemaqsad yurmaslik, jamoat tartibi qoidalariga rioya qilish, yotoqxona ichki tartib-qoidalariga amal qilish hamda har qanday huquqbuzarliklardan yiroq bo‘lish zarurligi tushuntirildi.

Mutaxassislar tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talabalar orasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va tamaki mahsulotlarining salbiy oqibatlari haqida targ‘ibot ishlari olib borildi. Yotoqxonalarda yashovchi yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Mas’ullar bunday profilaktik tadbirlar yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va xavfsiz muhitni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Bu kabi uchrashuv va o‘rganishlar oliy ta’lim muassasalari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida muntazam davom ettirilishi ma’lum qilindi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.