Buxoro yangiliklari
Qorovulbozor tumanida vaksinatsiya ishlari boshlandi
Joriy yilning 27-mart sanasida Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi tomonidan yurtimizda 3-bosqich sinovlari muvaffaqiyatli o‘tgan, o‘zbekistonlik mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining 1 million dozasi Xitoydan yurtimizga olib kelindi.
O‘zbekiston va Xitoy yangi vaksinani birgalikda ishlab chiqarish va foydalanilishga kelishgani bildirilgan edi. 2021 yil 1 mart kuni ZF-UZ-VAC 2001 koronavirusning yangi tipiga qarshi rekombinant (CHO cell) vaksina tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Mazkur vaksinalar yordamida 7-aprel kuni Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 15250 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu vaksinasiyaning ilk haftasidagi eng yuqori natija bo‘ldi.
Unga qadar Qorovulbozor tumanida emlanish tadbirlariga tayyorgarlik ishlari davomida YuNISEF xalqaro tashkiloti tomonidan vaksina tashish uchun 1 dona maxsus avtotransport, termosumkalar ajratildi.
2021-yil 7-aprel kuni viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazidan 200 doza Covishield (Astra Zeneca), 150 doza ZF-UZ-VAC2001 O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan vaksinalar maxsus avtotransportda tumanimizga olib kelindi. Vaksinalar bilan bir qatorda ushbu vaksinasiya jarayoni uchun zarur bo‘lgan barcha tibbiy vosita, dori-darmonlar Respublika byudjeti va xalqaro tashkilotlar homiyligida yetkazib berildi.
Maxsus himoya kiyim boshlar, kontaktsiz pirometrlar, antiseptik vositalar, spirt, paxta, tibbiy chiqindilar uchun maxsus idishlar, metodik qo‘llanmalar shular jumlasidandir.
Ushbu vaksinalar bilan birinchi navbatda tuman markazidagi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘iga asosan 65 yoshdan yuqori aholi hamda tibbiyot xodimlari ixtiyoriy ravishda emlanmoqda.
Emlash tadbirini o‘tkazish maqsadida tumanda 6 ta emlash punkti tashkil qilindi. Barcha emlash punktlari vaksinasiyaga shay holga keltirildi. Tibbiy xodimlar o‘qitilib, malakasi oshirildi.
Ushbu tadbirlar davomida bugun Qorovulbozor tumanida COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tadbirlari tuman markaziy poliklinikasida boshlab yuborilib, bugunning o‘zida 10 dan ortiq fuqarolar ishtirok etdi. O‘z sog‘ligiga befarq bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga tuman markaziy poliklinikasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Emlash tadbiridan o‘tgan har bir fuqaroning sog‘ligini nazorta qilish maqsadida emlash.uz platformasiga kiritib borilib, xabar mobil potranajlar tomonidan xabar olinib turiladi.
Qorovulbozor tumanida mazkur tadbirlarini o‘tkazish uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan, –deya xabar qilmoqda tuan hokimligi matbuot xizmati
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi