Buxoro yangiliklari

Buxoro neftni qayta ishlash zavodi to‘xtab qoldi

photo 221

Loading

Zavodning Asosiy ishlab chiqarish sexining “Atmosfera bosimi ostida neft va gaz kondensati xomashyosini haydash” hamda “Umumiy naftani vodorod yordamida tozalash” texnologik qurilmalarida joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Unda texnologik qurilmadagi issiqlik almashtirgichlar, texnologik pech quvurlarini gidromexanik usulida tozalanadi hamda tegishli texnologik qurilmada eski turdagi katalizatorni yangi turdagi katalizatorga almashtiriladi.

Rejali ta’mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida, joriy yilning 5-aprelidan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 10 kun muddatga to‘xtatildi.

Joriy ta’mirlash ishlariga Rossiyaning (Perm) “XimMontajNaladka” kompaniyasi jalb qilingan bo‘lib, kompaniya tomonidan texnologik qurilmadagi pech quvurlarini zamonaviy usullarda tozalash ishlari amalga oshiriladi.

Bundan tashqari ushbu davrda “Umumiy naftani vodorod yordamida tozalash” texnologik qurilmasida mavjud eski turdagi katalizatorni Fransiyaning “Axens” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “HR-608” yangi turdagi katalizatoriga almashtiriladi.

photo 02 35

Natijada zavodda uglevodorod xomashyolarini qayta ishlashda, sarflanadigan energiya resurslar sarfini kamaytirishga hamda kelgusida texnologik qurilmalarni xavfsiz ishlashini ta’minlashga erishiladi.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida joriy ta’mirlash ishlarini xavfsiz olib borish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilgan bo‘lib, ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash jadvallari ishlab chiqilgan.

Zavod joriy ta’mirlash davrida ham respublika iste’molchilariga neft mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish yuzasidan barcha choralar ko‘rilgan bo‘lib, neft’ mahsulotlari zaxirasi yaratilgan, – deya xabar bermoqda “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.