Buxoro yangiliklari

Joriy yil barcha sohada ”Olot yili” bo‘lishi kerak – Botir Zaripov

photo 03 47

Loading

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Olot tumaniga tashrifi davomida Turkmaniston bilan chegaradosh hududlarni borib ko‘rdi, eronliklar tomonidan qurilayotgan Olot va Qorako‘l tumanlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasi borishi bilan tanishdi hamda tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Joriy yilda Olot va Qorako‘l tumanlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan «Ikki daha» suv inshooti bitkazilib, ishga tushiriladi. Ushbu inshoot sutkasiga 50 ming kub metr suvni tozalaydi. Natijada, 88 ta mahalla va unda yashovchi 267 ming aholi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

Tumanda jami 250 ta fermer xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, shundan 192 tasi paxta va g‘allachilikka ixtisoslashgan. Joriy yilda 7 ming 915 gektarda paxta yetishtirish va 25 ming 870 tonna hosil olish rejalashtirilgan. Hozirda yer tekislash, agat olish ishlari yakunlanib, chigit ekish ishlari olib borilmoqda.

Viloyat rahbari “Ergash Istam” fermer xo‘jaligida bo‘ldi. Xo‘jalik hisobida jami 60 gektar yer maydoni mavjud bo‘lib, shundan 36 gektar yer maydoniga paxta ekish rejalashtirilgan, mos ravishda 118 tonna paxta sotish shartnomasini qilingan va 30 sentner hosil olishni rejalashtirgan.

Viloyat sektor rahbarlari “Olot cotton cluster” yer maydonida olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdilar. Joriy ilda klaster 960 gektar yer maydonga paxta ekishni rejalashtirgan. Shundan 100 gektarini plyonka ostiga ekkan. Jami 3 ming 168 tonna hosil olishni rejalashtirgan. “Plyonka ostiga chigit ekish, hosilni erta yetishtirish, sifatli hosil olishda paxtakorlarning o‘ziga xos ilg‘or an’analari bor. Plyonka ostiga ekilgan 100 gektar maydondan 65 sentner hosil olishni rejalashtirganmiz”, – deydi klaster ish yurituvchisi Itolmas Xo‘jayev.

Botir Zaripov muloqot davomida qishloq xo‘jaligida amalga oshiriladigan ishlar, xususan pillachilik, paxta va g‘allachilikdagi muhim masalalarga to‘xtaldi. Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, yer tekislash, pushta olish va chigit ekishdagi zaruriy yumushlar muhimligini bildirdi. – Joriy yil barcha sohada ”Olot yili” bo‘lishi kerak, – deya ta’kidladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.