Buxoro yangiliklari

Shofirkonda harbiylar 400 ga yaqin maktab o‘quvchilari uchun ko‘rgazmali chiqish qilishdi

photo 04 32

Loading

Ayni kunlarda dunyo shiddat bilan o‘zgarayotgan, mintaqalar hamda davlatlar o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy kurashlar tobora keskinlashayotgan bir sharoitda, mamlakatimiz yoshlarini ona Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash barchamiz uchun dolzarb ahamiyat kasb etayotgan muhim vazifalardan biridir.

Shu bois, «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkalash yilida yurt taqdiri uchun befarq bo‘lmagan har bir yoshda mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni har tomonlama yetuk kadrlar etib tarbiyalash borasida aniq manzilli rejalar ishlab chiqilib, ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalardagi uyushgan va uyushmagan yoshlar bilan harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi tadbirlar tizimli tashkil etilmoqda. Xususan, kuni kecha Shofirkon tumanida bo‘lib o‘tgan tadbir ham ana shu maqsadlarning uzviy davomi bo‘ldi.
Tadbirda harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan vatanparvarlik g‘oyasini targ‘ib etuvchi ko‘rgazmali chiqishlar barchaga manzur bo‘ldi. Ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarning sport hamda san’at sohalaridagi chiqishlari maroq va hayrat bilan tomosha qilindi.

Tadbir davomida, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat IIB ning tarkibiy tuzilmalari hamda Buxoro garnizoni harbiy orkestrining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etilib, olqishlarga sazovor bo‘ldi.

[metaslider id=2282 cssclass=»»]

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizning barcha sohalari uchun vatanparvar, o‘z kasbiga sadoqatli va har tomonlama yetuk kadrlarni shakllantirishni ko‘zda tutuvchi bu kabi tadbirlar yoshlarning xotirasida uzoq vaqtgacha muhrlanib qolishi va ularda shu yurtga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashi, shubhasiz. O‘ylaymiz-ki, mazkur tadbirdagi Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar hamda bir-biridan qiziqarli chiqishlar ertamiz egalarining keyingi qadamlarida o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi, – deya xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Axborot xizmatш

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.