Buxoro yangiliklari
O‘zXDP rahbari Ulug‘bek Inoyatov nega Buxoroga keldi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov joylarda aholi bilan ishlashning “mahallabay”, “fuqarobay” tizimi hamda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni Buxoro viloyatiga borib bevosita o‘rganmoqda.
Dastlab Vobkent tumani markaziy poliklinikasida tibbiy muassasaning moddiy-texnik bazasi, kasalliklarni erta aniqlash, to‘g‘ri tashxislash va davolash uslublari bilan tanishildi. Bemorlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda muassasa xodimlariga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
Muassasa xodimlari bilan bo‘lgan suhbatda U. Inoyatov aholi salomatligini saqlash, tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy etish, tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta’minlash borasida davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilayotgani, sohadagi islohotlarning samaradorligi ko‘p jihatdan tibbiyot xodimlarining fidoyiligiga ham bog‘liq ekanini ta’kidladi.
Aholi muammolarini hal etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirishda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” joriy etilgani ijobiy natijalar bermoqda. Bu borada Vobkent tumanida ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu daftarlarga kiritilgan fuqarolarning muammolarini o‘rganish, ularga amaliy yordam ko‘rsatishga Xalq demokratik partiyasi deputatlari ham hissa qo‘shmoqda. Ularning bevosita ko‘magi bilan “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollardan 30 nafari ish bilan ta’milangan.
U. Inoyatov kambag‘allikni qisqartirish ishlaridagi sustkashlik va kamchiliklarni tahliliy-tanqidiy o‘rganib, zarur holatda tuman Kengashi sessiyasiga olib chiqish bo‘yicha mahalliy deputatlarga tavsiyalar berdi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar – “Sariosiyo” MFY da yashovchi M. Ergasheva, “Quruvchi” MFY da istiqomat qilayotgan M. Mirsaidovalarning holidan xabar olinib, ularga zarur yordamlar ko‘rsatildi. Shuningdek, I guruh nogironi B. Ergashevga, xastalikdan so‘ng imkoniyati cheklanib qolgan H. Qutliyevaga maxsus aravachalar topshirildi.
“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan o‘tkazilgan muloqotlarda ko‘tarilgan 10 dan ortiq masalani hal etish bo‘yicha choralar ko‘riladigan bo‘ldi, – deya xabar bermoqda O‘zXDP rasmiy sayti
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi