Buxoro yangiliklari

Cho‘lpon haqidagi film Buxoroda suratga olinadi

photo 232

Loading

Tez orada “Media Illusion” studiyasi tomonidan “Cho‘lpon. Qush esdaligi” hujjatli filmi suratga olinadi.

Mazkur film yetuk adib, buyuk ma’rifatparvar shoir va yozuvchi Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon hayoti va ijodiga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan “Xalq yuragi” turkumi ostida tasvirga olinmoqda.

“Cho‘lpon. Qush esdaligi” filmida Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning qatag‘onga uchrashi, bunga asosiy sababchi bo‘lgan sobiq rus imperiyasi va ijodkorni qatag‘on ostonasiga yetaklab kelgan sotqinlar fosh etiladi.

Ssenariy muallifi Erkin Bozorov, rejisser va prodyuser Husan Rashidov, operator Jahongir Ibragimov, rassom Shuhrat Abdumalikov, kartina direktori Kamila Matenova.

Filmning suratga olish ishlari Toshkent, Buxoro viloyatlarida va Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.