Buxoro yangiliklari

Gala Osiyolik qo‘ylar o‘g‘risi va uning to‘dasi qo‘lga tushdi

photo 235

Loading

Kuni kecha Buxoro shahrida hamda Buxoro va Kogon tumanlari hududida sodir bo‘lgan chorva mol o‘g‘irliklarini fosh etish maqsadida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu turdagi o‘g‘riliklarni sodir qilib kelayotgan jinoiy guruhning faoliyatiga chek qo‘yilib, hududlarda mavhum holatda sodir etilgan 5 ta jinoyatlar fosh etildi, deya xabar bermoqda viloyat IIB Axborot xizmati.

Gap shundaki, joriy yilning 8-aprel kuni Buxoro shahar Losha mahallasida yashovchi Y. Y. ning qo‘yxonasidan bahosi 1 000 000 so‘mlik 1 bosh qo‘yi, 11-aprel kuni shaharning “Otbozor” mahallasida yashovchi fuqaro B. S. ning qo‘yxonasidan har birining bahosi 1 000 000 so‘mlik 2 bosh qo‘ylari, 12-aprel kuni esa Kogon tumanining “Kogon” mahallasida yashovchi fuqaro R. A. ning qo‘yxonasidan bahosi 5 200 000 so‘mlik 3 bosh qo‘yi va 1 bosh qo‘zilari, 13-aprel kunidan 14-aprel kuniga o‘tar kechasi Buxoro tumani Mustaqillik mahallasida yashovchi I. Q. ning qo‘yxonasidan har birining bahosi 1 300 000 so‘mga teng bo‘lgan 3 bosh qo‘ylari, shu tunda tuman markazidagi Zarafshon ko‘chasida yashovchi fuqaro N. O. ga tegishli bo‘lgan har birining bahosi 1 800 000 so‘mga teng bo‘lgan 2 bosh qo‘chqorlari yashirin ravishda o‘g‘irlab ketilganligi to‘g‘risida navbatchilik qismlariga xabarlar kelib tushgan.

Har bir xabar yuzasidan tergov-tezkor guruhlari hodisa sodir bo‘lgan joyga chiqib, zaruriy surishtiruv hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borgan holda, ushbu beshala holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Mazkur jinoyatlarning obyektiv hamda subyektiv tomonlari, jinoyat sodir etilishining fakultativ belgilari tahlil qilingan holda aniqlangan umumiy jihatlardan kelib chiqib, viloyat IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari, podpolkovnik M. Qodirov boshchiligida shahar va tumanlar ichki ishlar organlarining xodimlaridan iborat alohida tergov-tezkor guruhlari tuzilib, viloyat bo‘ylab keng miqyosli tezkor surishtiruv, tergovga qadar tekshiruv hamda tergov harakatlari olib borildi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatlar 3 nafar shaxsdan iborat jinoiy guruh tomonidan sodir qilinganligi aniqlandi.

Jumladan,

  • jinoiy guruh tashkilotchisi 1999-yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 109-, 166-, 169-moddalari bilan sudlangan Buxoro tumani, Gala Osiyo shahridagi shu nomli mahallasida yashovchi Sh. Sh. jinoiy guruhning rahbari bo‘lib, o‘g‘irlik sodir qilinadigan xonadonlarni aniqlab ko‘zdan kechirgan holda jinoiy sheriklarga vazifalarni taqsimlab berib, o‘g‘irlik sodir qilinadigan manzlillarga boshlab borganligi;
  • jinoiy guruhning ikkinchi a’zosi 1999-yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 277-moddasi bilan sudlangan, Buxoro tumani Nometan mahallasida yashovchi K. J. bo‘lib, u jinoyatlarni sodir etishda bevosita ishtirok etib, o‘g‘irlangan chorva mollarni boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinasida bozorga olib borib sotishda yetakchilik qilganligi.

1999-yilda tug‘ilgan Buxoro shahri Otbozor mahallasida yashovchi T. U. esa jinoiy guruhning uchinchi a’zosi bo‘lib, boshqaruvidagi oq rangli Matiz rusumli avtomashinada haydovchilik qilib, jinoiy sheriklarini voqea joyiga olib borib kelgan.

Jinoiy guruhni qo‘lga olish jarayonida 2 bosh qo‘y, 2 bosh qo‘zichoq va o‘g‘irlangan chorva mollarni sotishdan tushgan 5 190 000 so‘m naqd pullar hamda o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilishda foydalanilgan “Matiz” rusumli avtomashina tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Hozirda jinoiy guruhning fosh etilmay qolgan boshqa jinoyatlarga aloqadorliklarini aniqlash maqsadida tezkor-surishtiruv hamda jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.