Buxoro yangiliklari

Erining kogonlik jazmani sms’larini tarqatish bilan qo‘rqitgan ayol ushlandi

photo 243

Loading

Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi 1988-yilda tug‘ilgan Ra’no (ism shariflari o‘zgartirilgan), Kogon tumani Beklar mahallasida yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan Sharifaga, agarda unga $1 000 bermaydigan bo‘lsa, turmush o‘rtog‘i Mansur bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelganligi haqidagi “sms” xabarlar va audio yozuvlarni uning oila a’zolariga ko‘rsatish hamda internet tarmoqlarida tarqatish, shu orqali Sharifa uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib, uni mulkini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yib, Buxoro shahridagi Markaziy Dorixonasi oldida Sharifadan 10 000 000 so‘m pullarni olayotgan vaqtida viloyat IIB Jinoyat-qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK ning 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bugungi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.