Buxoro yangiliklari
Buxoroning tarixiy qismiga tutash ko‘chalarda avtomashinalar uchun cheklov joriy etiladi – sxema
Bugun, 17-sentabr kuni soat 16:00 dan 22:00 ga qadar vaqt oralig‘ida Buxoro shahar hokimining tegishli Farmoyishiga asosan, eski shahar hududida “Bukhara Night Race” yugurish marafoni o‘tkazilishi munosabati bilan quyidagi ko‘chalarda viloyatimiz aholisi va shahrimiz mehmonlari orasida piyodalarning harakat xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanishini ma’lum qilamiz:
– Bahouddin Naqshband va Islom Karimov ko‘chalari (“Vokzal chorraha”) kesishgan qismidan “Labi Hovuz ansambli” majmuasigacha;
– Bahouddin Naqshband, Mirdo‘stim va Havzi nav ko‘chalari kesishgan qismidan Buxoro viloyat IIB oldidagi aylanma harakatigacha;
– Abu Xafs Kabr va Ibn Sino shoh ko‘chalari (“Raymag”) aylanma harakati kesishgan qismidan Muhamnmad Karim ko‘chasi, ya’ni Ark qo‘rg‘oni bilan kesishgan qismigacha;
– Muhammad Karim va Ibn Sino shoh ko‘chalari (Markaziy dehqon bozori chorrahasi) kesishgan qismidan Abu Xafs Kabr ko‘chasi Ark qo‘rg‘oni bilan kesishgan qismigacha;
– IIB binosi joylashgan hududdagi aylanma harakatidan Xo‘ja Nurobod va Haqiqat ko‘chalarida.
Promo video:
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi