Buxoro yangiliklari

Peshko‘ tumani yo‘llari yuk avtomobillari uchun yopilmoqda (–mi?)

photo 577

Loading

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari tarmog‘ini tegishli holatda saqlash va rivojlantirish, ularning o‘tkazish qobiliyatini oshirish, avtomobil yo‘llaridan foydalanuvchilariga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash hamda avtomobil yo‘llari va ko‘priklarning soz holda saqlanishini ta’minlash maqsadida, Peshko‘ tumani hududidan o‘tuvchi ayrim yo‘llarda og‘ir yuk tashuvchi transport vositalarining harakatlanishini cheklanmoqda, – deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

Peshku tuman hududida joylashgan, tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan quyida nomlari keltirilgan avtomobil yo‘llari:

  • 4R-48 “Zarafshonning trakti avtomobil yo‘lining 306-326 km dagi “Zandani”, “O‘g‘lon”, “Navbahor”, “Yangibozor”, “Yangigul” MFY hududlari;
  • 4R-66 “Azizobod ko‘chasi (Vobkent tumani), Aliyor ko‘chasi, Xo‘ja Porsa ko‘chasi – A-380 G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” avtomobil yo‘lining 33-38 km qismi;
  • 4R-68 “Gala Osiyo shahri – Romitan tumani – A-380 G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” avtomobil yo‘lining 3-8 km qismi;
  • 4K-168 “4R48 yo‘lidan shaxobchalar – Peshko‘ tumani markazi” avtomobil yo‘llarining 0-2 km qismi.

Eslatib o‘tamiz, og‘irligi 8 tonnadan ortiq yuk avtotransport mashinalari makur hududlardagi yo‘llardan harkatlanishi ta’qiqlanadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.