Buxoro yangiliklari
Germaniyalik mutaxassislar uchun “Ko’kaldosh” madrasasida darslar tashkil qilindi
Buxoro davlat universiteti hamda Germaniyaning DAAD dasturi tomonidan moliyalashtiriladigan «O‘zbekistonda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishda innovatsion uslublar va ta’lim transferi» loyihasi bo‘yicha o’tkazilayotgan yozgi maktab 21-sentabrda o’z faoliyatini tugatdi.
Yopilish marosimida nemis mutaxassislari 10 kun davomida “Ko’kaldosh” madrasasining boy tarixi hamda istiqbolli loyihalar haqida xulosalarini aytishdi. Tadbir yakunida esa mehmonlarga esdalik sovg’alar itopshirildi va kelgusidagi hamkorlik loyihalari haqida kelishib olindi.
Qayd etish joizki, Germaniyaning DAAD dasturi tomonidan moliyalashtirilgan ushbu loyiha bo‘yicha Potsdam universiteti vakillari joriy yilning 14-sentabr kuni Buxoro shahriga tashrif buyurishgandi. Mazkur “Summer school 2022” doirasida Buxoro shahridagi Mehtari Ambar ko‘chasida joylashgan va 1568–1579-yillarda bunyod etilgan Labi Hovuz majmuasidagi “Ko’kaldosh” madrasasida darslar o‘tkazildi. Ushbu darslar davomida madrasa hamda unda joylashgan hujralar va ulardagi naqshlarning rasmlari chizildi. Ishtirokchilar tomonidan chizilgan ishlar Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi bilan ham muhokama qilingan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi