Buxoro yangiliklari
Buxoro aeroporti orqali qimmatbaho tangalarni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi
Madaniy boyliklarimiz nafaqat o‘tmish tariximizdan xabar beruvchi nodir yodgorliklar bo‘lishi bilan bir qatorda, kelajak avlodlarimizga sof holda yetib borishi kerak bo‘lgan meros hamdir.
Bojxona xizmati organlari davlatimiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bilan birga, xuddi shu madaniy boyliklarimizning yurtimiz chegaralaridan chiqib ketmasligi borasidagi nazoratni ham bevosita amalga oshirib kelishadi.
Kuni kecha “Buxoro xalqaro aeroporti” bojxona posti xodimlarida “Buxoro-Vnukovo” aviareysi orqali harakatlanayotgan fuqaroning hatti-harakatlari shubha uyg‘otadi va amaldagi qonunchilikka ko‘ra, mazkur fuqaroning qo‘l yuklari tegishli bojxona ko‘rigidan o‘tkaziladi.
Natijada, jami 50 dona tarixiy tangalarning yurtimiz chegaralaridan olib chiqib ketilishining oldi olinadi, – deya xabar bermoqda Buxoro viloyat bojxona boshqarmasining Axborot xizmati.
Hozirda, yuqoridagi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi