Buxoro yangiliklari

Talabalarga 300 000 so‘mdan pul berilyapti. Bu feyk emas!

photo 716

Loading

Ijarada turadigan 1-kurs talabalariga 2 oylik ijara kompensatsiyasi hech qanday shartnomasiz to‘lab beriladi. Noyabrdan boshlab, ijara shartnoma bo‘lsa, keyin kompensatsiya beriladi

Vazirlar Mahkamasining bayoniga binoan, talabalar safiga qabul qilingan va talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan uzoq hududlardan kelgan birinchi kurs talabalariga, istisno tariqasida, oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan mablag‘lar doirasida sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan ijara kompensasiyasi to‘lab beriladi. Ijara shartnomasini taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan to‘lovlar davom ettiriladi.

Bunda, oliy ta’lim muassasalari tomonidan birinchi kursda tahsil olayotgan, ijarada yashayotgan talabalar ro‘yxatini shakllantirish hamda ijara kompensasiya to‘lovlarini amalga oshirish yuzasidan rektor (direktor) buyrug‘i rasmiylashtirilib, tegishli mablag‘lar to‘lanishi belgilandi.

Bu nima degani?

Ma’lumki, o‘tgan yildan boshlab talabalar turar joyida joy yo‘qligi uchun ijarada turishga majbur bo‘lgan talabalarga ijara kompensasiyasi to‘lash tartibi yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun talaba ijara shartnomasini o‘zi o‘qiyotgan OTMga topshirishi kerak edi.

Bu tartib hozir ham kuchida. Ya’ni qaysidir talaba ijarada turgan bo‘lsa, u nechanchi kursda o‘qiyotganidan qat’i nazar, ijara kompensasiyasi olishga haqqi bor.

Endi yangi tartibga ko‘ra, 1-kurslar uchun istisno belgilandi. Ya’ni yotoqxonaga joylasha olmagan 1-kurs talabalari «Men ijarada turdim» deb aytsa kifoya. Ularga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara kompensasiyasi hech qanday ijara shartnoma talab etilmasdan to‘lab beriladi. Agar ular yana kompensasiya olmoqchi bo‘lsa, unda noyabr oyidan boshlab ijara shartnoma ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Bu istisno faqat 1-kurslarga berildi. Katta kurslar sentyabr va oktyabr oylari uchun ham ijara shartnoma taqdim etsagina, kompensasiya olishadi.

Ijara kompensatsiyasining miqdori qancha?

Yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli bo‘lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi byudjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Har oylik ijara pulining 50% (Toshkent shahrida 300 ming so‘mgacha, qolgan hududlarda esa 150 ming so‘mgacha) davlat OTM larining kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarga qoplab beriladi.

Demak, yotoqxonaga joylashmagan 1-kurs talabalari sentabr va oktabr, ya’ni 2 oyga 300 ming so‘mgacha kompensatsiya puli olishlari mumkin. Buning uchun talabalar o‘zlari o‘qib turgan OTM ning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishlari lozim.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.