Jahon
Nazarboyevning nabirasi Aysultan o‘limiga izohi
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zining nabirasi Aysultan o‘limiga izoh berdi
Elboshi bu haqda «Portretga chizgilar» hujjatli filmining 3-qismida so‘zlagan.
«3 nafar qizimdan ajoyib nabiralarim bor. Afsuski, shu yili (2020-yil, — tahr.) nabiralarimdan birini yo‘qotib qo‘ydik, u juda menga o‘xshardi. Nabiram dunyoni juda erta tark etganidan qattiq afsuslanaman», — degan Nazarboyev.
U, shuningdek, Aysultan turli davlatlarda giyohvandlikka qarshi davolanganini aytib o‘tgan.
«Uni hech qayerga yubormaslik mumkin edi, ammo ushlab turishning imkoni yo‘q edi. U bu ishning quliga aylanib ulgurgandi, to‘xtata olmasdi o‘zini. Biz uni Moskvada davolatdik, Londonda davolatdik. Bir qarashda bu ishdan uzoqlashgandek bo‘lardiyu, yana qaytardi», – deb qo‘shimcha qilgan Elboshi.
Aysultan Nazarboyev 2020-yilning 16-avgustida 30 yoshida vafot etdi.
Shuningdek, kuni kecha Nursulton Nazarboyev joylarning nomini uning sharafiga o‘zgartirish haqida gapirdi.
Nazarboyevning so‘zlariga ko‘ra, u bunday qarorlarga qarshi bo‘lgan va prezident sifatida faoliyat yuritayotgan paytida taqiqlagan, ammo bunday takliflar unga har tug‘ilgan kunida kelib tushgan.
“Qanday qilib men tugatgan [qozoq shoiri] Abay maktabini mening nomimga o‘zgartirish mumkin? Bu mutlaqo noto‘g‘ri», – dedi u. Ushbu qoidadan yagona istisno – bu Nazarboyevning tashabbusi bilan ochilgan universitet edi.
Xususan, Qozog‘istonning birinchi prezidenti Astananing Nur-Sulton deb o‘zgartirilishini ham eslatib o‘tdi.
«Shaxsan menga bu umuman kerak emas. Mana, ba’zilar, ayniqsa rahbarlar, shunday o‘ylashadi: «Bu mendan keyin yodda qoladi». Lekin men ketdim, bo‘ldi, nomim qolgani bilan nima o‘zgaradi», dedi Nazarboyev. Uning fikriga ko‘ra, hayoti davomida o‘rnatilgan yodgorliklar inson xotirasi keyingi avlodlarda qolishi haqidagi ishonchsizlikni ko‘rsatadi. «Shuning uchun, men ularni bunga chalg‘itmasliklarini so‘ragan bo‘lardim», deb xulosa qildi Nazarboyev.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi