Islom
Alloh taolo o‘lim farishtasidan « – Sen Odam bolasining jonini olayotganingda biror marta bo‘lsa ham rahming kelib yig‘laganmisan?», – deb so‘radi…
Alloh taolo o‘lim farishtasidan:
– Sen Odam bolasining jonini olayotganingda biror marta bo‘lsa ham rahming kelib yig‘laganmisan?, – deb so‘radi.
O‘lim farishtasi:
– Men bir marta kulganman, bir marta yig‘laganman va bir marta qo‘rqqanman, – deb javob berdi.
– Nima sababdan kulgansan? –dedi.
– Bir kishining jonini olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edim. U esa, o‘lishidan xabari yo‘q holda poyabzalini sozlayotgan ustaga: pishiqroq qilib tuzat, bir yilga yetadigan bo‘lsin, der edi. Men esa, kulib turar edim, poyafzalini kiyishga ham ulgurmay jonini oldim, – dedi.
Alloh taolo:
– Qachon yig‘lagansan?, – deb so‘radi.
– Sen menga bir homilador ayolning jonini olishimga buyurding. Uning oldiga borsam u kimsasiz sahroda, farzandini dunyoga keltirayotgan ekan. Farzandini tug‘ib bo‘lguncha kutib turdim. Bepoyon kimsasiz sahroda farzandini dunyoga keltirganidan keyin jonini oldim. Jonini olar ekanman, kimsasiz sahroda chinqirib yig‘layotgan norasida go‘dakning holiga achinib yig‘lar edim, – dedi.
– Qachon qo‘rqqansan?, – deb so‘radi.
– Olim bandalaringdan birini jonini olishga buyurganingda qo‘rqqanman. O‘shanda uning hujrasidan nur chiqib turardi. Har gal men uning jonini olish uchun yaqinlashganim sari, hujradan chiqayotgan nur avjlanib meni unga yaqinlashishga qo‘ymasdi. Shunda qo‘rqqanman, – dedi.
Shunda Alloh taolo:
– Sen o‘sha olim kishi kim ekanligini bilasanmi? U o‘sha kimsasiz sahroda sen jonini olgan ayolning norasida o‘g‘li. Men O‘zim uni kafolatimga olgan edim, – dedi.
Subhanalloh. Har qanday g‘am anduhlarni ketkazadigan Parvardigor har narsaga qodir.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi