Islom

Rasululloh sollallohu alayhi vassallam: “Kimki rizqi ro‘zi keng bo‘lishi va umri uzoq bo‘lishi xursand etsa, bas, u silai rahm qilsin, ya’ni qarindoshlik rishtalarini mustahkamlasin”

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Dunyoda yashab turgan  insonni jamiyat bilan bog‘laydigan birinchi narsa bu qon va nasab jihatidan qarindoshligidir. Inson bu rishtaga suyanadi, undan kuch va quvvat oladi. Alloh taoloning mӯ’jaz kitobi Qur’oni karim va Payg‘ambar alayhis salomning hadislarida Parvardigori olam insonlarni bir-birlariga siylai rahm qilish, qarindoshlarga jonkuyar va mehribon bӯlishni targ‘ib qilgan. 

Alloh taolo hidoyat manbai bo‘lmish Kalomu sharifi, Qur’oni karimda: “Ey, odamlar! Sizlarni bir jon (Odam)dan yaratgan va undan jufti (Havvo)ni yaratgan hamda ikkisidan erkak va ayollarni taratgan Robbingizdan qӯrqingiz! Shuningdek,  ӯrtalaringizdagi ӯzaro muomalada nomi keltiriluvchi Allohdan va qarindoshlar (aloqasini uzishdan) qӯrqingiz! Albatta, Alloh taolo sizlarni kuzatib turuvchidir” ,-deb marhamat qiladi. (Niso surasi, 1-oyat).

Ba’zi insonlar ӯrtasida bӯlar-bӯlmas janjallar, kelishmovchiliklar, nizolar bӯlib  shu dunyoning arzimas narsalari uchun ӯzaro mehr-oqibat yӯqolib ketmoqda. Payg‘ambar alayhis salom: “Qarindoshlari bilan aloqani uzgan kishi jannatga kirmaydi. Silai rahm doimiy bordi-keldi emas, balki uzoqlashib ketgan qarindosh holidan xabar olishdir”, -deganlar. (Muttafaqun alayh). 

Demak, har bir musulmon jannatni istasa, Alloh ta’oloning roziligini xohlasa, qavmi-qarindoshlari bilan aloqani uzmasligi kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vassallam qarindoshlariga qanday yaxshi munosabatda bo‘lganliklariga til ojizlik qiladi. Amr ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, u kishi Rasululloh sollallohu alayhi vassallamdan: “Alloh sizni nimaga da’vat qilish uchun payg‘ambar qilib yuborgan?”, -deb so‘raganlarida, U zot: “Silai rahm qilishga, but-sanamlardan yuz o‘girishga hamda yolg‘iz Alloh ta’ologa ibodat qilib, Unga biror narsani sherik qilmaslikka da’vat qilish uchun yuborgan”, -deb javob berganlar. (Imom Muslim rivoyati).

Ushbu hadis avvalida Paygambarimiz biz ummatni silai rahm qilishgan buyurdilar. Shu bilan birga qarindoshlik rishtalarini uzish eng katta gunohlardan va yomon ishlardan bo‘lib, bemehrlik, toshbag‘irlik va hissiyotsizlik deb bilinadi. Bemehr, toshbag‘ir kimsadan biron bir yaxshilik kutilmaydi, undan rahm-shafqat umid qilinmaydi. Zero, o‘z yaqinlariga mehr ko‘rsatmagan kimsa, begonalarga ham yaxshilik qilmaydi. Uning qalbi tug‘ishganlariga nisbatan toshbag‘ir bo‘lsa, ulardan boshqalarga esa yanada qattiq va bemehr bo‘ladi. Islom ta’limoti bunday ishlardan qat’iy ogohlantiradi.

Qarindoshlik aloqalarini turli yo‘llar bilan mustahkamlab, ularga mehr-oqibat ko‘rsatib, rishtalarni mustahkamlash orqali Parvardigori olam rahmatiga sazovor va munosib bo‘lib, Payg‘ambar alayhis salomning shafoatlariga loyiq bo‘lamiz. Biz ummatga Rasululloh sollallohu alayhi vassallam: “Kimki rizqi ro‘zi keng bo‘lishi va umri uzoq bo‘lishi xursand etsa, bas, u silai rahm qilsin, ya’ni qarindoshlik rishtalarini mustahkamlasin”, -deb aytganlar.

Alloh taolo barchamizni oramizdagi siylai rahmni bardavom etib, Uning roziligiga olib boradigan amallarimizni ziyoda qilsin.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.