Buxoro yangiliklari

Buxoroda o‘smir yigitlardan iborat “uyushgan to‘da” faoliyatiga chek qo‘yildi. Barcha tafsilotlar

pic
Foto: IIV

Loading

Buxoroda yoshlar oʻrtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi keskin kurashish choralari davom etmoqda. Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, Buxoro shahrida voyaga yetmagan yoshlardan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi kelishmovchilik janjalga aylandi

Maʼlum boʻlishicha, guruh aʼzolari ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻzaro gap talashib, tortishib qolgan va masalaga oʻzaro “oydinlik kiritish” maqsadida Buxoro shahrining Samarqand koʻchasida uchrashuv belgilashgan. Belgilangan joyga yetib kelgan jabrlanuvchilarni 10–15 nafardan iborat yoshlar guruhi kutib olib, ularga qarshi janjal boshlagan.

Guruh aʼzolari jabrlanuvchilarni shafqatsizlarcha doʻposlab, ularning boshqaruvida boʻlgan oq rangli “Nexia” rusumli avtomashinaga ham jiddiy shikast yetkazishgan. Shundan soʻng, jinoyat joyidan yashirinishga harakat qilishgan.

Sovuq qurollardan foydalanilgan

Olib borilgan surishtiruvlar davomida jinoyat ishtirokchilari shunchaki mushtlashish bilan cheklanmagani maʼlum boʻldi. Ayrim gumonlanuvchilar oʻzlari bilan birga olib kelgan kastet koʻrinishidagi sovuq qurollardan foydalanib, jabrlanuvchilarga ogʻir jismoniy jarohatlar yetkazishgan.

Ushbu jinoyatning kelib chiqishiga asosiy sababchi va tashkilotchi boʻlgan shaxslar aniqlandi. Ular:

  • Xayotov Samandar Xamid oʻgʻli – 2009-yilda Buxoro shahrida tugʻilgan.
  • Tursunov Muzaffar Ilhom oʻgʻli – 2009-yilda Buxoro shahrida tugʻilgan.

Gumonlanuvchilardan birining onasi oʻz farzandining tarbiyasiga yetarlicha eʼtibor bermagani, uning kimlar bilan doʻstlashayotgani, telefonidan qanday maqsadda foydalanayotgani va darsdan tashqari vaqtlarda qayerlarda yurganini nazorat qilmaganidan chuqur afsusda ekanini bildirib, barcha ota-onalarni farzandlariga hushyor boʻlishga chaqirdi.

Jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatga aloqador boʻlgan jami 13 nafar gumonlanuvchi aniqlanib, qoʻlga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “a” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB fuqarolarga yuzlanib, agarda ushbu jinoiy guruh aʼzolaridan jabr koʻrganlar yoki ular haqida qoʻshimcha maʼlumotga ega boʻlganlar boʻlsa, zudlik bilan quyidagi raqamlarga bogʻlanishlarini soʻraydi:

Murojaat qiluvchilarning shaxsiy maʼlumotlari va sir saqlanishi qonun doirasida toʻliq kafolatlanadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.