Islom

Bularni o‘qimasdan turib qurbonlik qilmang!

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Birr kishi boshqa birovni nihoyatda parishon, rangi ro‘yi bir ahvolda, yig‘lab o‘tirganini ko‘rdi. Yaqinida esa bir xalta to‘la non turibdi. 

Yo‘lovchi: Nimaga yig‘layapsiz?

U kishi:  Itim o‘lyapti.

Yo‘lovchi: Haltadagi nima?

U kishi: Nonlar.

Yo‘lovchi: Shunday ekan nima uchun nondan itizga ham bermayapsiz?

U kishi: Meni itga non beradigan darajada muhabbatim yo‘q. Bu nonlarni olish uchun qancha pul sarflaganman. Lekin faqat ko‘z yosh to‘kib berishga yetarli muhabbatim bor, chunki bu tekinda!  

Ba’zi kishlarning muhabbatining da’vosi ham shunga o‘xshaydi. Qachon undan xarajat bo‘ladigan bo‘lsa, u yerda u hech vaqosiz, nol. Vaholanki, qurbonlik qilish aslida xarajat ham emas. Chunki, sadaqot va yaxshiliklar uchun sarf bo‘lgan mablag‘lar shunchaki zoye’ bo‘lmaydi, qancha sarflasa, o‘zi uchun bo‘ladi, balki qurbonlik shunday narsaki, zarrachasi ham kishining qo‘lidan chiqib ketmaydi. Undan tashqari qurbonlikning go‘shtlarini savob hosil qilish uchun tarqatib yuborish ham zaruriy narsa emas. Balki ixtiyor bor, xohlasa taqsim qilsin, xohlasa o‘zi foydalansin, faqat sotish mumkin emas. Garchi hammasini o‘z xuzurida olib qolib foydalansa ham savob yetaveradi. 

Janobi Rasululloh  sollallohu alayhi vasallam qurbonlikni Ibrohim alayhissalomning sunnatlari  dedilar. Ammo Ibrohim alayhissalom qilgan amallari bilan jonivor so‘yish o‘rtasida farq bor. Ibrohim alayhissalom o‘z farzandlarini zabh qilishga buyurilgan bo‘lsalar, bizning shariatimizda esa jonivor so‘yishga buyurilganmiz.

U holda biz qilayotgan qurbonlik amali qanday qilib Ibrohim alayhissalomning sunnatlari  bo‘lishi mumkin?

Ibrohim alayhissalom o‘g‘illarini zabh qilishdagi ega bo‘lgan savoblari  hech kamaymagan holda bizga ham yetadi. Mana shu savob jihatidan ularning yo‘llariga ergashgan hisoblanamiz. Ikki amalning maqsadi bir ekanligi sababli, garchi boshqa boshqa narsa bo‘lsalar ham, ularning hukmi ham, savobi ham bir hil qilindi.

Go‘yoki: Ey ummati Muhammad sollallohu alayhi vasallam! Sizlarning jonivor zabh qilishlaringizga Ibrohim alayhissalom farzandini qurbon qilganining savobi beriladi deyilayotgandek.  

Yuqoridan ma’lum bo‘lgan e’tiborga molik narsa shuki, agar bir podshoh o‘z saroy ahllariga hadya ulashmoqchi bo‘lsa, o‘ziga yaqinligi va lavozimi yuqoriligiga qarab, ularning martabasiga muvofiq in’om beradi. So‘ng ulardan qay birining darajasi pastroq bo‘lsa, shu mavqe’iga munosib mukofotlanadi. Masalan: vazirlar va davlat arkonlariga ulkan in’omlar beriladi, xizmatchi va xodimlarga esa, kamroq beriladi.

Qurbonlikning fazilati va savobi  shunday ulug‘dirki, agar kishining zimmasida  vojib bo‘lmasa ham, savob hosil qilish maqsadida uni ado qilsa, savob topaveradi. Axir hech qanday zaruratsiz dunyo  xursandchiliklari  uchun qancha sarf xarajat qilayotganlar Allohning roziligi uchun ozgina qiynalsalar nima bo‘pti? Agar zaruratgagina e’tibor qaratib: “O‘rtoq! Nima narsa zimmamizda farz yoki vojib bo‘lsa, o‘shalarnigina ado etamiz”, desangiz, u holda dunyo ishlarida nega shu gapingizga amal qilmayapsiz?Aslida zaruratning miqdori shuki, jon saqlab yurishlik uchun arpa unidan bo‘lgan non ham kifoya qilardi, lekin siz bu bilan kifoyalanmay,  palovxonto‘ra  va kaboblarni nima uchun yeyapsiz?  Issiq va sovuqlikning halokatidan saqlanish uchun dag‘al, qo‘pol matolar ham yaraydi, ammo yupqa va nafis matolardan bo‘lgan kiyimlarni nimaga kiyyapsiz? 

Agar Alloh biror amaldan juda xursand bo‘lishi sizga ma’lum bo‘lsa hech o‘ylanmasdan ihoyatda kuchli rag‘bat bilan shu ishni qilish lozim.

Ba’zi kimsalar o‘ta nochor, yoki, ularning zimmasida zahiradan tashqari bandalarning haqlari ham bor. Eng avval ularni ado etish shart. Lekin ular barcha haqlardan ko‘z yumib, ya’ni uni keyinga tashlab, faqat faxrlanish yoki qadim odatni bino qilish uchun (ya’ni oldindan biz hamisha qurbonlik qilganmiz, deb) qurbonlikka qattiq turishadi. Hech past kelishmaydi. Agar o‘zlarida mablag‘ bo‘lmasa, qarz olib bo‘lsa ham bajarishadi.

Albatta, biror kishining haqqi zoye’ bo‘lmasa va riyo alomati bo‘lmasa,  nafl qurbonlik qilish mustahab va muhabbatning belgisidir. Shuningdek omma musulmonlar   tomonidan, din kattalari tomonidan, xususan,  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam  tomonlaridan qurbonlik qilish mandub amallarning eng suyukligi, ya’ni mustahab ishlarning  eng afzalidir, hamda ularning huquqlari taqozosidir. Lekin bu narsa birorta ham o‘rinda boshqalarga zarar, nuqson  yetmagandagina joiz bo‘ladi. Nafl qurbonlik qilish manfaat, lekin birovlarning haqlarini, qarzlarini ado etmaslik zarar. Zarar yetmagandagina nafl qurbonlik qilish joiz bo‘ladi 

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.