Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (06.07.2026)
2026-yilning 6-iyul, yakshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Muhabbatda ko‘zlangan maqsadga yetish uchun sizdan tashabbuskorlik talab etiladi. Suyganingizga yanada qattiqroq bog‘lanib qolish harakatida bo‘ling.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Ishxonangizdagi ayrim ko‘ngilsizliklarga e’tibor qilmang. Muhabbatda bugun sizdan ehtiroslisi bo‘lmaydi. Kechqurun toza havo sayriga chiqing.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
O‘zingizni har qanday tur va ko‘rinishdagi ko‘ngilsizliklar, yoqimsiz lahzalardan bemalol himoya eta oladigan darajaga yetasiz.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Buguningiz unumli va yoqimli kechadi. Barcha muammolar ketma-ket o‘z yechimini topib, nihoyat yengil nafas ola boshlaysiz.
Arslon (24.07 — 23.08)
Arslon burji ostida tavallud topganlarning ayrimlari ish joyida rahbariyatdan hayfsan olishi mumkin. Atrofingizdagilar sizga dag‘al muomala qiladigan bo‘lsa, yuz buring-u, nari keting.
Parizod (24.08 — 23.09)
Siz kunning birinchi yarmida hamkasblar bilan munosabatlarni mustahkamlash payida bo‘ling. Bahslar, janjallardan tiyiling.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Kun davomida kimnidir nimanidir ado etishga ko‘ndirish, kimlar bilandir bahslashish, kimdandir shaxsiy buyumingizni tortib olish masalasida yelib-yugurasiz.
Chayon (24.10 — 22.11)
Shaxsiy hayotingizda qarindoshlar, yaqin insoningiz bilan orangizda anglashilmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Biroq barcha aybni sizning zimmangizga yuklab qo‘yishlariga nima deysiz?
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Bugun shaxsiy hayotingizda vaziyatlar juda katta tezlikda o‘zgara boradi. Hali qarasa, quvonasiz, hali boqsa, qayg‘uga botasiz. Lekin ishxonadagi rahbarlar bilan muloqot chog‘ida emotsiyangizni jilovlab qo‘ying.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Bugun professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni bajarishda standartlardan qochgan holda harakatlar sodir eting.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Aql bilan ish tuta bilsangiz, daromadingiz yomon bo‘lmasdi. Olis safarga otlanish niyatida bo‘lsangiz, uni puxta reja asosida amalga oshirishingiz lozim.
Baliq (20.02 — 20.03)
Muhabbatda o‘zingiz uchun qimmatli bo‘lgan insonni avaylang, ehtiyotlang, uning qadriga yeta biling.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


