Buxoro yangiliklari

Buxoroda avtobuslar uchun alohida yo‘lak tashkil etiladi

photo 01 60

Loading

Bugungi kunda Buxoro shahri transport tizimini tubdan takomillashtirish, jamoat transportini aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligi va viloyat transport boshqarmasi tomonidan transport rejasi ishlab chiqish ustida ish olib borilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida 2020 yil 30 noyabr kuni «Hududlarda jamoat transportni tubdan rivojlantirish» masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, shuningdek yo‘lovchilarga sifatli va qulay transport xizmati ko‘rsatilishiga erishishdan iborat.

Loyiha doirasida dastlabki bosqichda Buxoro shahridagi barcha yo‘nalishlar, ko‘chalar, svetoforlarning ishlash tartibi, avtomobil oqimi bo‘yicha ma’lumotlar ko‘chalarga bevosita onlayn kameralar o‘rnatish orqali o‘rganib chiqiladi. Jumladan, Buxoro shahridagi transport oqimi yuqori bo‘lgan nuqtalarga hamda shaharga kirib keladigan nuqtalarga kuzatuv kameralarini o‘rnatgan holda transport oqimi tahlil qilinadi. Transport tizimi rejasida barcha ma’lumotlarni yig‘ib, tizimlashtirish, raqamlashtirish va shahar transport tizimi matematik modeli hamda pasportini ishlab chiqiladi. Buxoro shahrining ichki hududi va uning atrofidagi turar-joy, biznes majmualari, savdo va ko‘ngilochar markazlarining texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda pasportlari va lokasiya joylashuvi tayyorlanadi. Buxoro shahrining transport oqimi gavjum bo‘lgan I. Karimov, Ibn-Sino va B. Naqshband ko‘chalari bo‘ylab qo‘shimcha yo‘l belgilarini o‘rnatilishi natijasida ushbu yo‘llarning o‘tkazuvchanligi 10% ga oshiriladi.

Shu bilan bir qatorda mutaxassislar tomonidan avtoboshbekatlar va bekatlarda jamoat transportining jadalligi, yo‘lovchi oqimi o‘rganib chiqilishi rejalashtirilgan.

Yangi loyihalarga asosan shaharda alohida yo‘lakda avtobuslar harakatini tashkil etish, unga katta sig‘imli avtobuslarni qo‘yish, yirik chorrahalarda o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, avtobuslar intervallarini qisqartirish kabi choralar ko‘rilishi nazarda tutilmoqda.

Tadqiqot ishlarini olib borish uchun Rossiya Federasiyasining «Ya tut» kompaniyasi va Toshkent davlat transport transport universiteti bilan kelishuv ishlari olib borilmoqda.

photo 02 58

Ushbu tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hozirda boshqarma xodimlari tomonidan Buxoro shahridagi mavjud avtobus yo‘nalishlarida avtobuslarning kunning tig‘iz vaqtlarida qanday harakat intervali bilan harakatlanishi lozimligi, kunning turli paytlaridagi yo‘lovchi oqimini o‘rganish ishlari borilmoqda. Mazkur tadbirlar natijasida ayrim avtobus yo‘nalishlarida avtobuslarning kamligi, harakat intervalidagi uzayishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz hamda yo‘lovchilarimizdan yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz, –deya xabar bermoqda Buxoro viloyat Transport departamenti

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.