Buxoro yangiliklari

Talabalar hokim o‘rinbosari bilan nega uchrashdi?

photo 601

Loading

Kecha, 23-sentabr kuni Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Mirali Hamroyev Buxoro davlat universitetida talabalari bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuv noodatiy tarzda, ya’ni universitet yig‘ingohidamas, balki hokim o‘rinbosari va rektor va boshqalar hamrohligida bevosita talabalar tashrif buyuradigan o‘quv xonalari, ma’naviy hordiq chiqaradigan joylarga borish bilan boshlandi.

photo 05 72

Tashrif mobaynida talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish, ular bilan yaqindan muloqot qilib kamchiliklarini bartaraf etish, takliflarini tinglash maqsadida dastlab Axborot-resurs markaziga yo‘l olindi va kutubxonadagi talabalar bilan suhbatlashildi.

photo 04 114

M. Hamroyev yigit va qizlardan darslarning borishi, ularning bo boradagi takliflari, talabalar yutuqlari haqida so‘radi va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun qilinayotgan sa’y-harakatlar bilan tanishdi. So‘ngra mehmonlar talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlarni, u yerdagi “Zakovat” burchagini ko‘zdan kechirishdi. Kampusdagi to‘garaklar hamda bo‘limlar faoliyati ham o‘rganildi.

photo 03 152

Kun oxirida ijarada istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar olish, yashash sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Talabalarning yashash xonadonlari, erkin dars tayyorlashlari, dam olishlari uchun sharoitlarning borligi tekshirildi. Ular bilan samimiy muloqot qilindi.

photo 02 209

Uchrashuv yakunida talabalar bilan suhbatlashish asnosida ularning takliflari, istaklari tinglandi. Ehtiyojlarini amalga oshirish borasida amaliy choralar ko‘rildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.