Islom

Alloh bilib-bilmay yo‘l qo‘ygan xatolaridan chin dildan tavba qiluvchilarni sevadi

pic
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Alloh o‘zi sevgan bandalarigagina tavba qilish ne’matini berdi. Tavba so‘zi arab tilida «qaytish» ma’nosini bildiradi. Tavba deb bandaning gunoh-ma’siyatlardan qaytishiga ham aytiladi.

Inson gohida o‘z ixtiyori yoki beixtiyor gunoh ishga qo‘l uradi. Har holda ham gunohkor bo‘lib tavba qilishi lozim bo‘ladi. Rasullulox sollallohu alayhi vasallam garchi gunoh ishlar qilishdan saqlangan bo‘lsalarda, doimo tavba qilib yurishlari biz uchun ibratdir.

“…Albatta, Alloh (bilib-bilmay yo‘l qo‘ygan xatolaridan) chin tavba qiluvchilarni va poklanib yuruvchilarni sevadi” (Baqara surasi, 222- oyat).

Moʻtabar kitoblarda keltirilishicha Alloh bilan bandasi o‘rtasidagi gunohlarni Mehribon va Rahimlilik sifati bilan o‘zi xoxlasa kechirib yuboradi. Ammo bandalar o‘rtasida o‘zaro jabr-zulmlarni banda kechmaguncha Alloh kechmaydi. Umar roziyalluhu anhu rivoyat qiladilar: Naz’ (o‘lim to‘shagida) holatida yotgan ansorlarning birini tepasida Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam hozir bo‘ldilar va uni tavba qilishga undadilar. Tili so‘zlashdan qolgan edi. Ko‘zini osmonga tikdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tabassum qildilar. Hozir bo‘lganlar so‘raganlarida: “Yo Rasulloh bu vaqtda tabassumning boisi nimada?” deb so‘rashdi. Rasullulox sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Bu xastani tili tavbaga qodir bo‘lmadi. Ko‘zini osmonga tikib, qalbida gunohlardan pushaymon bo‘lib tavba qildi. Alloh farishtalariga bu bandamning tili tavba qilishga ojiz, qalbdan pushaymon bo‘lib, tavba qildi. Sizlar guvohsiz, uni mag‘firat etdim deb xitob qildi”, -dedilar.

Banda tavba qilganida Qur’onda zikr qilinganidek tavbai nasuho qilishi kerak.

“Ey iymon keltirganlar! Allohga xolis tavba qilinglar!” (Taxrim surasi, 8-oyat).

Xazrati Umardan: Tavbai nasux nima deb so‘ralganda, “Kishining yomon ishdan qaytib, so‘ng unga abadiy qaytmasligidir”, deb javob berganlar.

Insonlar ko‘p hollarda qilayotgan xato ishlarini to‘g‘ri hisoblab, gunohga borayotganlarini tan olgisi kelmaydi. Shunday paytda unga tanbex berib gunohdan qaytarish musulmonlarning vazifalaridan ekanligi Qur’oni-Karimda bayon qilingan:

“Eslating! Zero, eslatma mo‘minlarga manfaat yetkazur” (Zoriyot surasi, 55- oyat).

Ulug‘larimiz: Tavba e’tirof, nadomat va gunohdan uzilib chiqish deganlar. Banda borki gunoh qiladi, hech kim bundan mustasno emas. Ammo Alloh gunohiga tavba qilguvchilarni yaxshi ko‘radi.
Alloh barchamizni o‘ziga tavba qiladigan tavvoblardan aylasin.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.