Qiziqarli

Nima uchun erkaklar kiyimida tugmalar o‘ngda, ayollarniki esa chap tarafda?

pic
Foto: Daryo.uz

Loading

Tugmali kiyimlarning kelib chiqishi uzoq yillik tarixga ega. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, X asr boshlarida ayollar va erkaklar kiyimlarida turli xil mahkamlagichlar keng tarqalgan edi. Biroq tugmalarning o‘ziga xos farqi bo‘lgan: ayollar kiyimi chap tomondan, erkaklar kiyimi o‘ng tomondan mahkamlangan. Buning boisi nima? Daryo shular haqida yozmoqda.

Tugmalar tarixi: ular qachon paydo bo‘lgan?

Kiyimni mahkamlash uchun mo‘ljallangan ilmoqlarning vatani Germaniya hisoblanadi: aynan shu mamlakatda ilk tugmalar ishlab chiqarila boshlagan. Avval tugmalar suyak, yog‘och, temir, marvarid, qimmatbaho toshlar, kumush va oltindan yasalgan. Tugmachalar bilan mahkamlangan eng qadimgi kiyim — bu erkaklar kamzuli sanaladi.​

Dastlab, tugmalar qimmatbaho buyum sanalgan, chunki ulardan nafaqat kiyim mahkamlash uchun, balki bezak sifatida ham foydalanilgan. Tugmalar insonlarning ijtimoiy darajasi va mavqeyini ifodalovchi belgi hisoblangan. O‘sha davrdan boshlab ayollar va erkaklar kiyimlari tugmasining turli tomondan bo‘lishi belgilangan edi.

Nima uchun erkaklar kiyimining tugmalari o‘ng tomonda joylashgan?​

Erkaklar kiyimidagi tugmalar o‘ngda bo‘lishi harbiy odatlarga bog‘liq. Bunday usul askarlar tugmani bo‘sh qo‘li bilan osongina kiyishi yoki yechib olishiga imkon yaratgan. O‘sha davrning aksariyat harbiylari o‘ng qo‘l bo‘lgan va qurol chap tomonda olib yurilgan: tugmalar o‘ngda bo‘lishi kiyimga tegmasdan qurolni tezda shay qilishga yordam bergan.

Ayollar kiyimining tugmalari chapda bo‘lishiga sabab nima?​

Yuqorida ta’kidlanganidek, qadimda tugmalar juda qimmat bo‘lgan, shuning uchun ularni faqat badavlat ayollar o‘zlariga ravo ko‘rishi mumkin edi. Ma’lumki, zodagon ayollarni doimo xizmatkorlar kiyintirib, yechintirib qo‘ygan. Tugmalarni chap tomondan mahkamlash xizmatchilar ish jarayonini tezlashtirishiga imkon bergan degan nazariya mavjud. Shuningdek, chaqaloqni ko‘krak suti bilan boqishda tugmalarning chapda bo‘lishi kiyimni o‘ng qo‘l bilan yechishni osonlashtirgan.​

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.