Qiziqarli

Bolada pulga nisbatan to‘g‘ri munosabatni shakllantirish uchun 4 maslahat

pic
Foto: Magnific.com

Loading

Qaysi ota-ona farzandining kelajakda boy va muvaffaqiyatli bo‘lishini xohlamaydi deysiz? XXI asrda ota-onalarning eng muhim vazifasi farzandlarini zamonaviy hayot sharoiti va talablariga tayyorlashdir. Daryo shular haqida yozmoqda.

Har bir ota-ona farzandini pul bilan o‘zaro munosabatlarning to‘rtta muhim bosqichidan o‘tkazishi kerak:

ishlash;
ishlab topish;
pul yig‘ish;
pulni ko‘paytirish.

Ishlashni o‘rgating

Birinchi bosqichda bolani ishlashga o‘rgatishni imkon qadar erta boshlash kerak. Ushbu bosqichda bolangizga pul oqimining cheklovlarini, shuningdek, harakatlar va natijalar o‘rtasidagi munosabatni ko‘rsatish muhimdir. Bolalar ongida ota-onasining pullari hech qachon tugamaydi, ular harakatlar va sarflanishi mumkin bo‘lgan pul miqdori o‘rtasidagi munosabatni ko‘rmaydi. Bola pulning cheklanganligini va agar ishlamasa, pul ham bo‘lmasligini tushunishi kerak.

Farzandingizga ovqatlantirish, kiyinish va bolaning asosiy ehtiyojlarini to‘liq ta’minlash sizning mas’uliyatingiz ekanligini tushuntiring. Bu holat uning ruhiy salomatligi uchun juda muhim bo‘lgan xavfsizlik, ishonch va barqarorlik maydonini yaratadi.

Shuni esda tutish kerakki, pul xavfli motivatordir. Agar noto‘g‘ri ishlatilsa, ular demotivatsiyaga olib kelishi mumkin. Misol uchun, hech qachon bolangizga bajargan uy ishlari uchun pul to‘lamasligingiz kerak, chunki bu uning uydagi vazifasi. Ammo panjara yoki devor bo‘yashga yordam bersa, uni moddiy jihatdan mukofotlash mumkin. Chunki bunday ishlar bolaning vazifasiga kirmaydi.​

E’tibor bering, ushbu bosqichning asosiy vazifasi bolani ishlashga o‘rgatish emas, balki pul nima ekanligini imkon qadar erta tushunishi va moliyaviy oqimni boshqarishni o‘zlashtirishi uchun sabab-oqibat munosabatlarini o‘rnatishdir.

Pul ishlash yo‘llarini o‘rgating

Ikkinchi bosqichda ota-onalarning asosiy vazifasi farzandiga pul ishlashni o‘rgatishdir. Uning tadbirkorlik ruhini rivojlantirish, imkoniyatlarni ko‘rishga o‘rgatish kerak. Misol tariqasida, har doim ish topish mumkinligini, ammo daromadni doimiy ravishda oshirish va imkoniyatlarni kengaytirish imkonini beradigan mablag‘larni topish muhimligini tushuntirish kerak.

Sarflash va tejashni o‘rgating

Pul topib, uni keyingi rivojlanish uchun saqlash muhimdir. Uchinchi bosqichda farzandingiz bilan qashshoqlikka olib boruvchi uchta asosiy muammoni ko‘rib chiqishingiz mumkin:

  • qarz to‘lash bilan o‘tadigan hayot;
  • tejamkorlikning yetishmasligi;
  • sarflaganingizdan so‘ng yana hech vaqosiz qoladigan pul yig‘ish.

Ushbu bosqichda bolaga pul ishlab topgandan so‘ng bir muncha vaqt sarf-xarajatlarni ko‘paytirmaslik kerakligini, balki kapital yaratish va pulni ko‘paytirish kerakligini ko‘rsatish muhimdir.

Pulni ko‘paytirishni o‘rgating

Ko‘paytirish bosqichida bolangizga ishlab topgan va yig‘ilgan pulni qanday boshqarishni, uni boshqa sohalarga investitsiya qilishni o‘rgatish kerak. Bolangiz nima uchun o‘qiyotganini va oxirida nima olishini tushunishi kerak. Shunda u pulni tejash cheklash shakli emas, balki erkinlik sari yo‘l ekanligini tushunadi, chunki qo‘yilgan kapital uzoq vaqt davomida amalda ishlaydi va daromad keltiradi. Asosiy moliyaviy savodxonlik shunda ko‘rinadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.