Buxoro yangiliklari

Rossiyadan Buxoroga uchib kelgan fuqaro yonidan 120 dona “Klonazepam” psixotrop dori vositasi topildi

photo
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmatining xabar berishicha, kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan psixotrop dori vositalarini “Buxoro aeroporti” chegara bojxona posti orqali olib kirishga uringan fuqaro toʻxtatib qolindi.

Holat tafsilotlariga toʻxtaladigan boʻlsak, “Sheremetyevo-Buxoro” aviareysi orqali Respublikamizga uchib kelgan fuqaro “yashil” yoʻlak boʻylab harakatlanib, bojxona nazorati hududidan oʻtib ketishni maqsad qiladi. Ammo yoʻlovchining qoʻl yuklari tegishli tartibda skanerdan oʻtkazilgan vaqtda, rentgen tasvirlari unda shubhali buyumlar borligiga ishora qiladi.

Gumonlarga oydinlik kiritish va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida amalga oshirilgan bojxona koʻrigi davomida Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan “Klonazepam” psixotrop dori vositasi borligi aniqlanadi.

Hozirda jami 2 qutida 12 kon-valyutadagi 120 dona psixotrop dori vositalari ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan boʻlib, huquqbuzarlik sodir etgan fuqaroning noqonuniy xatti-harakati yuzasidan bojxona organlari tomonidan tegishli tartibda ish olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun aytadigan boʻlsak, “Klonazepam” nomli tabletkalar Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan psixotrop dori vositalari roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, ushbu roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 330-sonli Qarori asosida shakllantirilgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.