Buxoro yangiliklari

Bir guruh buxoroliklarga davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi

pic
Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Loading

Davlatimiz rahbarining “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan bir guruh yurtdoshlarimiz qatorida Buxoro viloyatining 5 nafar vakili ham bor.

Shu munosabat bilan kuni kecha Buxoro viloyati hokimligida mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, madaniyat va san’at sohasi vakillari, jamoatchilik hamda yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan yurtdoshlarni tabriklab, ularning madaniyat, san’at va adabiyot rivojiga qo‘shayotgan hissasini alohida e’tirof etdi.

Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini qo‘llab-quvvatlash, ijodkorlar uchun munosib sharoitlar yaratish hamda milliy madaniy merosni asrab-avaylash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda Buxoro viloyatida ham madaniyat va san’at sohasi jadal rivojlanib bormoqda. Xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi”, “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali”, “Ipak va ziravorlar” festivali, Hunarmandlar kuni tadbirlari hamda boshqa yirik madaniy loyihalar viloyatning turistik va madaniy salohiyatini yanada oshirmoqda.

Shuningdek, so‘nggi yillarda madaniyat muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi obyektlarni barpo etish va mavjudlarini ta’mirlash bo‘yicha ham qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, 2017–2025-yillar davomida viloyatdagi 13 ta madaniyat markazi ta’mirlanib, Olot, G‘ijduvon va Jondor tumanlarida madaniyat bo‘limlarining yangi binolari foydalanishga topshirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, birgina 2025-yilda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish uchun respublika va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 37 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Tadbir yakunida davlat mukofotlari o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi. Mukofot sohiblari ularga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va e’tirof uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida ham yurt ravnaqi va milliy madaniyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona mehnat qilishlarini ta’kidladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.