Hodisalar

Buxoroda tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi (video)

pic
Foto: DXX

Loading

Buxoro viloyatidagi tumanlardan birining sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilda tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi hamda dori-darmon va tibbiy buyumlar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHhJ o‘rtasida 1 milliard 2 million so‘mlik shartnoma tuzilgan. Ushbu mablag‘ evaziga tibbiy buyumlar xarid qilinishi belgilangan.

Dastlab shartnoma summasining 30 foizi MChJ hisob raqamiga o‘tkazilgan. Biroq tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri qolgan 70 foiz mablag‘ni ko‘chirib berish hamda keyingi xaridlarni ham ayni korxona orqali amalga oshirish evaziga shartnoma qiymatining 15 foizini talab qilgan.

Qayd etilishicha, mansabdor shaxs 150 million so‘m miqdorida noqonuniy “ulush” so‘ragan. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u so‘ralgan mablag‘ning bir qismi — 11 ming 800 AQSh dollarini turmush o‘rtog‘i orqali olayotgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Tergov davomida yana bir qator noqonuniy holatlar aniqlangan. Xususan, mansabdor shaxs tumandagi oilaviy poliklinikalar xodimlari uchun jami 448 million so‘m miqdorida rag‘batlantirish mablag‘lari ajratib, keyinchalik ushbu summaning 92 million so‘mini qayta yig‘ib olgani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘iga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) hamda 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Korxona vakiliga esa Jinoyat kodeksining 211-moddasi, ya’ni pora berish holati bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Hozirda tergov organlari tomonidan holatning barcha tafsilotlarini aniqlash ishlari davom ettirilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat mablag‘larining maqsadli sarflanishini nazorat qilish va xarid jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.