Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (27.05.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 27-may, chorshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun kerakli odamlar bilan yo‘qolgan aloqalarni tiklashingiz talab etiladi. Aks holda kun bo‘yi yelib yugursangiz ham hech qanday natijaga erisha olmaysiz.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Vaziyatga qarab ish tuting. Moliyaviy masalada ijobiy natijalarga ega chiqish uchun yerdan yanada balandroq ko‘tarila bilishingiz kerak

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Agar yirik xaridlarni amalga oshirish niyatida bo‘lsangiz, oldin moddiy ahvolingizni xomcho‘t qilib oling.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Bugun vujudingizda bor kuch va imkoniyatlarga nisbatan tejamkorlarcha munosabatda bo‘ling. Bo‘lar-bo‘lmas muloqotlarga kuch sarflab qo‘ymang.

Arslon (24.07 — 23.08)
Daromaddan xarajatlar oshib tushishi kutilmoqda. Qonunbuzarlikdan saqlaning. Unga qarshi harakatlar sodir etmang.

Parizod (24.08 — 23.09)
Oila qurmagan bo‘lsangiz, yaqinda tanishib, sevgilingiz ham sizga u qadar qiziqarli tuyula olmayotganini his etasiz. Lekin tafakkurni ishga solishingiz lozim.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Tushkun kayfiyatdan o‘zingiz qachonlardir ko‘p marotaba yordam bergan odam ko‘mak berishi mumkin.

Chayon (24.10 — 22.11)
Kunni har doimgi odat bo‘yicha boshlang. Kuch va imkoniyatlar, pozitivlik yetarli. Bemalol murakkab jarayonlarni yengib o‘ta olasiz.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Kuningizni foyda keltiradigan ishlarga sarflashingiz kutilmoqda. Shunga yarasha daromadini ham olasiz albatta.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Emotsiyaga ehtiyot bo‘ling. Ehtiyot bo‘lmasangiz, u sizni kuchli bo‘ron girdobiga tashlashi mumkin.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Kechqurun ish joyingizda bor kuch va imkoniyatlaringizni qoldirib kelmang. Chunki ular shaxsiy hayotda ham kerak bo‘ladi.

Baliq (20.02 — 20.03)
Duch keladigan har bir ko‘ngilsizlikdan tushkun kayfiyatga qul bo‘lmang. Har quvonchli voqeadan yettinchi osmonlarga parvoz qila boshlamang. Me’yorni biling.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.