Islom
Badgumonlik bilan xulosa qilmaylik!
Qur’oni Karimda shunday oyat bor: “Ey, iymon keltirganlar! Ko‘p gumonlardan chetda bo‘linglar, chunki ba’zi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmanglar. Ba’zilaringiz ba’zilaringizni g‘iybat qilmanglar. Sizlardan birortalaringiz o‘zining o‘lgan birodarining go‘shtini yeyishni yaxshi ko‘radimi? Ha, yomon ko‘rasizlar. Allohdan qo‘rqinglar! Albatta, Alloh tavbani ko‘p qabul qiluvchi va rahmlidir” (“Hujurot” surasi, 12-oyat).
Alloh mana shu oyatda musulmonlarni badgumonlikdan qaytaradi. Chunki bu narsa birovni tahqirlash bo‘lib, katta zararlarning sababchisidir. Badgumonlik mumkin emas, deganda, shart shuki, gumon qilinayotgan odam taqvodor, yaxshilik bilan nom chiqargan, shariatga amal qiluvchi odam bo‘lsa, shunda o‘sha kishi haqida yomon gaplar qilish haromdir. Ammo, fisqu fasod bilan nom chiqargan, shariatni hurmat qilmaydiganlar haqida yomon gumon qilish harom emas.
So‘ngra, Alloh josuslikdan qaytaradi. “Josuslik” deganda, kishilarning yashirgan ishini bekordan-bekorga oshkor qilishga maxfiy urinishni tushunish kerak. Bu narsa, albatta, hech kimga foyda bermaydi. Aksincha, odamlar orasida dushmanchilik kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ammo hukumat buzg‘unchilar va yomon niyatli kishilarning ortidan odam qo‘ysa, bo‘laveradi, chunki, bu narsa jamiyat uchun zarurdir. Yuqoridagi man qilish esa, kishilar orasida adovat chiqarmaslik maqsadida bo‘lgan.
Boshqa bir oyatda: “Ey, iymon keltirganlar! Agar fosiq xabar keltirsa, aniqlab ko‘ringlar, bir qavmga bilmasdan musibat yetkazib qo‘yib, qilganingizga nadomat chekuvchi bo‘lmanglar” (“Hujurot” surasi, 6-oyat).
Demak musulmon odam hamma eshitganiga ishonavermasligi, u xabarni asosini tekshirishi lozim. Kimlarning ishi buzg‘unchilik, chaqimchilikdir. Bu ham yolg‘onning bir turi bo‘lib, o‘z egasining qalbi qoraligini, odamlar orasida dushmanchilik va xusumatdan boshqa narsa bo‘lmasligini xohlovchi shaxs ekanligini bildiradi. Chaqimchiga qarshi kurashning eng yaxshi usuli, uning gapiga quloq solmaslikdir. Alloh shunday deydi: “Itoat qilma! Har bir qasamxo‘r, pastkashga. Kishilarni ayblovchi, chaqimchilik qilib yuruvchiga” (“Qalam” surasi, 10-11 oyat).
Imom Navaviy “Sahihi Muslim”ga yozgan sharhida chaqimchilikni: “U – odamlarning bir-birlari haqidagi gaplarini orani buzish va fasod tarqatish yo‘liga ko‘ra tashishdir”, deya ta’riflaydi.
Bir kuni Huzayfa roziyallohu anhu bir kishining gap tashib yurishi haqida eshitib qoldi, so‘ng Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Chaqimchi jannatga kirmaydi”, deganlarini eshitganman dedilar (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Xulosa qiladigan bo‘lsak, noo‘rin yomon fikrlardan o‘zimizni tiyamiz, jannatdan to‘sadigan chaqimchilikdan saqlanamiz, josuslikdan qochamiz, g‘iybatlardan uzoqlashamiz, musulmonlarni aybini ochmaymiz, xalq orasida ularni masxara qilmaymiz. Bu gunohga undaydiganlarni so‘ziga quloq solib, itoat qilmaymiz.
Ahli taqvo bo‘lgan, yaxshilik bilan nom chiqargan, dunyo e’tirof qilgan olimlar, yaxshilar haqida yomon gumon qilmaymiz. Ulamolarni so‘zlariga itoat qilib, hurmatlarini xox moddiy, xox jismoniy, xox ma’naviy tomondan bo‘lsin joyiga qo‘yasak, bu dunyomiz ham, oxiratimiz ham obod bo‘ladi. Zero ulamolarimiz Rasululloh alayhissalomning merosxo‘rlaridir. Bu hurmat bilan go‘yo Rasulimiz, mahbubimiz alayhissalomni hurmatlarini joyiga qo‘ygan bo‘lamiz.
Yurtimiz tinch, tanimiz sog‘, ulamolarimiz ko‘p, iymonimiz salomat bo‘lib, yana bu millatdan Buxoriylar, Termiziylar, Samarqandiylar, Gʻijduvoniylar va Naqshbandiylar chiqmog‘ini Robbim nasib qilsin.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


