Buxoro yangiliklari

Bitta avtokran, minglab abonent: Buxoroda elektr ta’minotida katta uzilish sababi ma’lum

pic
Foto: “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ

Loading

Bugun, 14-yanvar kuni soat 10:55 da 35 kV kuchlanishdagi havo elektr tarmog‘ida avariyali uzilish sodir bo‘ldi.

Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy izoh berdi. Unda qayd etilishicha, shaharning “betonka” hududida joylashgan qurilish maydonida maxsus texnika (avtokran) haydovchisining ehtiyotsizligi oqibatida yuqori kuchlanishdagi elektr tarmog‘iga mexanik shikast yetkazilgan.

Mazkur holat sababli Buxoro shahrining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan. Shuningdek, ayrim hududlarda ichimlik suvi ta’minotida ham vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

Bildirilishicha, holat mas’ul mutaxassislar tomonidan nazoratga olingan, hozirda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda. Xususan, voqea joyiga 3 ta maxsus texnika va 15 ga yaqin malakali xodimlar jalb etilgan holda ta’mirlash ishlari olib borildi.

pic 02

Xabar to‘ldirildi: Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida soat 17:30 larda elektr tarmog‘i to‘liq tiklanib, iste’molchilar qayta barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlandi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.