Qiziqarli

Nima uchun muzlatkichga issiq taomni qo‘yib bo‘lmaydi?

pic
Foto: Freepik.com

Loading

Muzlatkichga issiq taom qo‘yilganda unda o‘zgarish bo‘lishi muzlatkichdagi mexanizm qanday ekanligi bilan bog‘liq. Daryo shular haqida yozmoqda.

Agar No frost funksiyasi bilan ta’minlangan bo‘lsa, unda namlik ventilyatsion sistema yordamida chiqarib yuboriladi, harorat qanchaligi esa datchikda aks etadi. Agar haroratning belgilangandan yuqori ekani aniqlansa, kompressor ko‘rsatkichdagi haroratga muvofiq ishlashiga to‘g‘ri keladi. Bunday muzlatkichga issiq taom yoki yegulik qo‘yilganda esa ventilyator ham, kompressor ham harorat va namlikka qaramay ishlay oladi.

Agar muzlatkich Direct cool, ya’ni muzlatishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, unda ventilyator orqa tomonga o‘rnatilgan bo‘ladi va namlik bilan kurasha olmaydi. Issiq taom qo‘yilganda tizim zo‘r berib ishlaydi va issiqlik to‘g‘ri kelmaganidan muzlatkich ichida muzli sumalaklar paydo bo‘la boshlaydi. Oqibatda muzlatkichdagi muzni eritishga to‘g‘ri keladi.

Issiq narsaning muzlatkichga qo‘yilishi nafaqat ventilyator va kompressor, balki elektr energiyasining ko‘proq sarflanishi va ehtiyot qismlarning erta ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Turli harorat sabab shisha polkalar yorilishi, plastik polkalar esa erishi mumkin.

Bundan tashqari, muzlatkich eshigiga o‘rnatilgan rezinalarda deformatsiya kuzatilishi, bu esa muzlatkich ichidagi sovuq haroratning tashqariga chiqib ketishi va yaxshi muzlatmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Maromida bo‘lmagan harorat muzlatkich ichidagi idishlarda ham o‘z aksini ko‘rsatadi, ularda yoriq paydo bo‘lishi yoki darz ketishi mumkin.

Agar muzlatkichingizning Hot box funksiyasi bo‘lsagina, unga issiq taomlarni qo‘yishishingiz mumkin, boshqa hollarda esa tavsiya qilinmaydi. Bunday modeldagi muzlatkich issiq taomni sovitishi mumkin, lekin aksariyat muzlatkichlar mahsulot va yeguliklarni barra holda saqlashga mo‘ljallangan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.